Tanlov: 💰 savol uchun pul oling
Future DreamsE'londa ko'rsatilgan til(lar) bo'yicha O'zbek tilidagi savollar tanlovi: savol tuzing va bizga jo'nating.
Tanlov "Tandir" jamoasi tomonidan tashkil etilgan.
Tanlov bu yerda bo'ladi: bizdan.tandir.app
Qoidalar:
1. Savollarning matni to'liq o'zbek tilida bo'lishi kerak.
2. Savollar imloviy xatolarsiz bo'lishi shart.
3. Matnlarda formatlash (kursiv, qalin va boshqa formatlashlar) ishlatilmaydi.
4. Qisqa matn uzunidan yaxshiroq.
5. Savol matni, kod va variantlarni o'qishga ketadigan vaqt jami 30 soniyadan oshmasligi so'raladi. Savol matni, kod va variantlar matnlaridagi jami belgilarning umumiy soni 400 tagacha bo'lishi ma'qullanadi.
6. Savollar mualliflik huquqlarini buzmagan holda tuzilishi so'raladi. Mualliflik huquqi buzilgani aniqlangan holatlarda, savolni yo'llagan shaxs javobgarlikni o'z zimmasiga oladi, garchi savolga mualliflik huquqi Tanlov tashkilotchilarida bo'lsa ham.
7. Bir nechta qatnashchi 1 xil mazmundagi savol yo'llagan holatida, eng yaxshisi tanlab olinadi.
8. AI (Sun'iy Intellekt) yordamida savollar tuzish mumkin. Faqat tuzilgan savollar to'g'riligi tekshirilishi kerak, ba'zida xato tuzib berishi mumkin AI. Agar AI kodli savol tuzsa, uni ishga tushirib ko'rish orqali natijani tekshirish mumkin.
Savol tuzilishi
"savol" - (majburiy) eng ko'pi bilan 255 tagacha belgini o'z ichiga oluvchi savol matni.
"daraja" - (majburiy) Savolning qiyinlik darajasi. 3 xil qiymatdan birini berish mumkin: oson, o'rtacha va qiyin.
oson - bazaviy tushunchalar, murakkab hisoblashlar talab qilmaydigan, standard funksiyalar, kutubxonalar, dasturlash tilining tarixi, o'zi va boshqalar haqidagi savollar.
o'rtacha - bazaviy bo'lmagan, kundalik hayotda ishlatiluvchi funksionalliklar, kutubxonalar, muammoli vaziyatlar va boshqalar haqidagi savollar.
qiyin - kundalik hayotda kam uchrovchi, yechimi murakkab hisoblashlarni o'z ichiga olishi va bahs kelitirib chiqarishi mumkin bo'lgan savol. Bunda savol blitz shaklida bo'lishiga e'tibor qaratish zarur, ya'ni, agar savol biror turdagi hisoblashni o'z ichiga olsa, unda hisoblashni eng ko'pida 30 soniyada tugatish mumkin bo'lishi so'raladi.
"kod" - (ixtiyoriy) eng ko'pida 15 qatorli dastur kodi. Kod bu savolning bir qismi hisoblanadi.
"variantlar" - (majburiy) savol variantlari. Eng kamida 2 ta, ko'pida 4 ta variantni o'z ichiga oladi. Variantlar ichida 1 tasi, va faqatgina 1 donasi to'g'ri bo'lishi shart. 127 tagacha belgi qabul qiladi.
"izoh" - (majburiy) To'g'ri javobning nega to'g'ri ekanligi haqida qisqa izoh.
3 ta savol 1 ta paket qilib jo'natiladi.
Moliyaviy tartib
1. 1 ta oson, 1 ta o'rtacha va 1 ta qiyin savolni o'z ichiga olgan uchlik bu - 1 ta paket hisoblanadi.
2. To'lov 1 dona paket uchun amalga oshiriladi.
3. Agar paket ichida birorta savol qabul qilinmasa, butun boshli paket rad etiladi.
4. 1 ta paket qabul qilinganda to'lanadigan summa 30,000 (o'ttiz ming) so'm.
5. To'lov tanlov yakunlanib, savollar moderatsiyadan o'tkazilgach amalga oshiriladi.
6. To'lov qilish yo'li bilan sotib olingan barcha savollarga egalik huquqi Tanlov tashkilotchilariga o'tkaziladi.
7. Eng ko'p savol egalariga qo'shimcha bonuslar belgilanadi.
8. 1 dona qatnashchi topshirishi mumkin bo'lgan savollar miqdori cheklanmagan, biroq jami mukofot summasi e'londa ko'rsatilgan miqdordan oshmaydi.