Tanishing Eddi «BURGUT»
Doston Kasimoff MD
Sizda ham shunday bo'lganmi? Oldingizga maqsad qo'yib, unga erishmoqchi bo'lganingizda, xuddi, butun koinot sizga qarshi fitna uyushtirayotganday tuyuladi. Va bunda koinotga maqsadingizning katta-kichikligini ahamiyati yo'q. Xatto, yozning issiq kunida muzlatgichga suv qo'yishingiz bilanoq svet o'chib qolishida ham bu ziddiyatni ko'rish mumkin. Shunday vaqtda siz o'zingizni xuddi «Luzer»lar sayyorasidan kelgan o'zga sayyoralikday his qilasiz. Xuddi atrofingizdagi hamma qanday yashashni biladiyu, lekin koinot sizga qo'llanma berishni unutganday. Nima uchun siz har doim darsga vaqtida kelasiz-u, lekin siz dars o'tishni boshlaganingizda hech kim vaqtida kelmaydi? Nima uchun siz do'stingiz uchun ovqat olib qo'yasiz-u, lekin ishdan och qaytganingizda qozon bo'sh bo'ladi? Nima uchun siz doktorlarga yaxshi muomalada bo'lasiz-u, lekin siz doktor bo'lganingizda sizni kaltaklashadi. Savollar ko'p. Javoblar esa yo'q!
Keling, savol berishni birozgina to'xtatib, Eddi «Burgut» ning hayot hikoyasiga nazar tashlaymiz!
Eddi «Burgut»
Eddi Edvards - Buyuk Britaniyalik sportchi. U chang'ida tramplindan sakrash bo'yicha Angliya nomidan 1988-yilgi Qishki olimpiada o'yinlarida qatnashadi. U hech qanday medal olmaydi. Natijasi ham o'rtachadan past. Unda nima uchun bu inson ko'pchilikka tanish? Xatto u haqida film ham olingan!
Eddi maktabga ilk qadam qo'yganida unda Olimpiada medalini olish istagi paydo bo'ladi. Buning uchun u sport bilan shug'ullana boshlaydi. 10 yoshga to'lganida esa Koinot unga salom yo'llaydi. Futbo'l o'yini vaqtida Eddi tizza bo'g'imini shikastlab oladi va keyingi 3 yil davomida u jarohatidan qayta tiklanishiga to'g'ri keladi. Jarohat tufayli u olimpiadada qatnashish uchun tanlagan sport turini o'zgartirishiga to'g'ri keladi. U yozgi sport o'yinlaridan, qishki sport o'yinlariga o'tadi. Chang'i uchish sportida undan ko'ra yaxshi sportchilar ko'p bo'lgani uchun unga olimpiada jamoasidan joy tegmaydi. Lekin u taslim bo'lmaydi. Qishki olimpiadada 1926-yildan beri Tramplindan sakrash bo'yicha Buyuk Britaniya nomidan hech kim qatnashmayotgan edi. Eddi shu yo'nalishda olimpiadada qatnashmoqchi ekanligini Olimpiya qo'mitasiga bayon qiladi. Lekin qo'mita buning uchun biror musobaqada qatnashishi kerakligini takidlaydi. Shundan so'ng u Germaniyaga yo'l oladi. Musobaqada qatnashib, uyiga qaytganidan so'ng, olimpiada qo'mitasi olimpiadada qatnashish shartlariga o'zgartirish kiritgan bo'ladi. Unga ko'ra u kamida 61 metr masofaga sakragan bo'lishi kerak edi. Hozirgi natijasi esa bu raqamlardan ancha yiroqda edi. Keyin u 61 metrlik masofani bosib o'tish uchun ko'p mashq qiladi. Mashqlarning birida u 61 metrlik masofani qayd qiladi. Lekin, ertasi bo'ladigan musobaqada esa u tramplindan yiqiladi. Tuhfa ustiga yana tuhfa. Olimpiada qo'mitasi uni mashqlarda ko'rsatgan natijasi bilan ham qabul qilishga rozi bo'ladi. Va nihoyat, u olimpiadada qatnashib, o'z orzusiga yetishadi. Olimpiada g'olibi bo'lish unga nasib qilmagan bo'lsada, Britaniya rekordini o'rnatadi!
Xulosa qani
Afsuski ko'p hollarda, maqsadga erishish uchun reja aniq bo'lsada rejadan tashqari to'siqlar chiqib turadi. Bunday holda taslim bo'lmay, shunchaki harakatni davom ettirish kerak. Eddi singari...