#Tanishing

#Tanishing

@fstupressa


Tojiyev Rustambek Rasulovich  1984-yil 8-aprelda Farg'ona viloyati, Oltiariq tumanida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. Oliy maʼlumotli. 2004 - yilda Farg'ona politexnika instituti (hozirgi Farg'ona davlat texnika universiteti)ni tugatgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Ummon Sultonligi kabi davlatlarda stajirovka o'tagan. O‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq darslik, 8 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 6 ta patent muallifi hisoblanadi.

R. Tojiyev rahbarligida 3 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, shuningdek, o‘nlab magistr va bakalavr kadrlar tayyorlangan. Ilmiy ishlarga muntazam ravishda rasmiy opponentlik qilib kelmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati hamda agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

2026-yil 14- martdan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Mehnat faoliyati:

2000–2004 yy. – Farg‘ona politexnika instituti talabasi

2004–2006 yy. – Farg‘ona politexnika instituti magistranti

2006–2007 yy. – Farg‘ona politexnika instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi shogird-tadqiqotchisi

2007–2009 yy. – Toshkent kimyo texnologiya instituti noorganik moddalar texnologiyasi kafedrasi aspiranti

2009–2012 yy. – Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi Poligraf bosmaxonasi bosh muhandisi

2012–2016 yy. – Farg‘ona politexnika instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi assistenti

2016–2018 yy. – Farg‘ona politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti dekani o‘rinbosari

2018–2019 yy. – Farg‘ona politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti dekani

2019–2021 yy. – Farg‘ona politexnika institutining ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

2021–2022 yy. – Farg‘ona politexnika institutining arxitektura va qurilish materiallari fakulteti dekani

2022–2023 yy. – Farg‘ona politexnika institutining kimyo texnologiya fakulteti dekani

2023 y. – 2026 yy. – Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori
2026 yilning 14-mart kunidan hozirgi vaqtgacha — Farg'ona davlat texnika universiteti rektori

Report Page