Taniqli hind aktyori Irfon Xon vafot etdi

Taniqli hind aktyori Irfon Xon vafot etdi

 ZARBDORLIKLAR
Taniqli hind aktyori Irfon Xon vafot etdi

Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda san’atkorning yaqinlariga asoslanib NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Irfon Xon Mumbaydagi xususiy klinikalardan birida olamdan ko‘z yumdi. U saraton xastaligiga qarshi kurashib kelayotgandi.

Irfon Xonning ilk to‘liq metrajli filmi «Salom, Bombey» edi. Eng ko‘zga ko‘ringan filmlari: «Jangchi», «Xarobadan chiqqan millioner», «Seni sevaman, Nyu-York», «Pining hayoti», «Yangi o‘rgimchak-odam», «Yura davri bog‘i», «Inferno».

Manba: Xabar.UZ

Telegram: @Zarbdor

Report Page