Ta'limdagi yangi islohotlar sari dadil qadam

Ta'limdagi yangi islohotlar sari dadil qadam

Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejani tasdiqlash hamda o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish, shuningdek, biznes va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi bilan hamkorlikda 2024-yil 16-17-may kunlari Buxoro viloyati tumanlarida  o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Ishtirokchilarni kutib olish

Jumladan, Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  Peshku tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda ta’limdagi islohotlarni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda hududdagi barcha maktablarning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.  


“Motivatsion qadamlar”

Ta’limdagi yangi islohotlarga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy seminarga tashrif buyuruvchi ishtirokchilar o‘zgacha tarzda kutib olindi. “Motivatsion qadamlar” ruhiy trening ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Seminar avvalida  kun davomida yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktab psixologi N.Rustamova tomonidan o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.

Psixologik trening jarayonidan lavhalar
Barcha ishtirokchilar faol bo‘lishdi

Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili metodisti S.Daniyarova hamda biologiya fani metodisti D. Babayevalar  2024-yil 26-martdagi MMTV 94-hamda 96-sonli buyruqlari mazmun-mohiyati,  ta’limdagi yangi islohotlar, mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi va umumta’lim maktab o‘qituvchilari uchun ustama olish tartibi borasida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti S.Daniyarova
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya fani metodisti D. Babayeva

O‘quvchilarda dars davomida "XXI asar ko‘nikmalarini shakllantirishda 4 K modelining ahamiyati" mavzusida fikrlar almashildi. Ayniqsa, "Yalmog‘iz kampir’’ metodining amalda qo‘llanishi ish jarayonida har bir hodisaning salbiy va ijobiy tomonini ilg‘ab olish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qildi.

"XXI asar ko‘nikmalarini shakllantirishda 4 K modelining ahamiyati"

Seminar davomida qatnashchilarining taklif-mulohazalar tinglandi, keyingi ish faoliyatlari uchun rejalar tuzildi. Seminar ishtirokchilari savol-javob qismida faol ishtirok etishdi, olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida maxsus tuzilgan testlarni mustaqil yechishdi. O‘quv-amaliy seminarda faol bo‘lgan ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Taklif-mulohazalar...
Bu kabi seminarlar hududlarda davom etadi. 
Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari bu kabi o‘quv seminar treninglarni hududlarda o‘tkazishni davom etadi!

Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi.


Report Page