Ta'lim va kasb ko'rgazmasida
ISFT12-may kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “Ta'lim va kasb 2026” ko‘rgazmasida ISFT instituti faol ishtirok etishdi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlar, abituriyentlar va ota-onalar uchun ta’lim imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, zamonaviy kasblar haqida ma’lumot berish hamda kelajakdagi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Ko‘rgazma davomida ISFT instituti:
✅ Zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’lim yo‘nalishlari
✅ Talabalar uchun yaratilgan qulay va innovatsion muhit
✅ Grant va xalqaro imkoniyatlar
✅ IT, biznes va xorijiy tillar bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar
✅ Talabalik hayoti va amaliy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etmoqda.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar institut vakillari bilan bevosita suhbatlashib, o‘qish jarayonlari, qabul tartibi va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.