"Ta'lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida" mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 

"Ta'lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida" mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 



“TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR: OLIMLAR VA YOSHLAR NIGOHIDA”

mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy anjumani 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433 sonli Qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi “2024-yil qo‘shimcha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Termiz davlat universiteti, “HUQUQ LECC” nodavlat ta’lim muassasasi, Toshkent shahar “Ilg‘or” tadqiqotlar ilmiy markazi hamkorligida 2024-yil 5-iyun kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Mualliflar uchun ma’lumot:

Ilmiy-amaliy konferensiya oflayn va onlayn shaklda tashkil etiladi, konferensiya to‘plam shaklida elektron mualliflarga taqdim etiladi hamda maqola mualliflarining barchasiga onlayn sertifikat beriladi. Mazkur Respublika konferensiyasida maqola bilan (muallif) hamda maqolasiz (kuzatuvchi) shaklida ishtirok etish mumkin.

Har ikkala shaklda ham barcha ishtirokchilarga konferensiya tashkilotchilarining sertifikati taqdim etiladi.

Konferensiyaga yuborilgan maqola va tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi. Konferensiyada ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etishlari mumkin.

 

Konferensiyada quyidagi sohalar bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar qabul qilinadi:

1.  Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlanish istiqbollari

2.  Uzluksiz ta’lim tizimida tarbiya fanini o‘qitishning tarixiy, falsafiy, ilmiy va huquqiy asoslari

3.  Huquqiy fanlarni o‘qitishning xorijiy tajribasi va zamonaviy metodlari

4.  Intellektual mulk obyektlari va mualliflik huquqi obyektlarini muhofaza qilishning ilmiy va huquqiy mexanizmlari

 

Maqolani rasmiylashtirish talablari:

- Maqola va tezislar matni MS Office dasturining Word muharririda qabul qilinadi;

-      Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o‘ngdan 2 sm hoshiyaga ega bo‘lishi kerak;

-      14 kegl kattaligida o‘lchamda, 1,5 intervalda bo‘lishi va 3 betdan kam  

6 betdan oshmasligi lozim;

-      Mavzuning nomi katta harflar bilan beriladi, keyingi qatorda muallifning familiyasi, ismi va sharifi (to‘liq), ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va unvoni ko‘rsatiladi;

- maqola o‘zbek, rus, va ingliz tillarida qabul qilinadi.

 

Eslatma:

- maqola va tezislar 2024-yilning 25-may kuniga qadar qabul qilinadi;

- har bir maqola uchun badal puli 100 000 (yuz ming) so‘m;

- konferensiya to‘plamiga kiritilgan maqolalar ichidan tahrir hay’ati tomonidan saralab olingan eng yaxshi maqolalar (15 ta) turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

 

Manzil: O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi, 3-qavat 313-xona.     

Batafsil: https://t.me/konferensiya_24

Ro‘yxatga olish uchun mas’ul:  Mustafoyeva Feruza Xurshidovna

Murojaat uchun telefon: https://t.me/Feruza_Xurshidovna



Report Page