Ta’lim-tarbiya sohasiga yangicha yondashuv — barqaror taraqqiyot garovi.

Ta’lim-tarbiya sohasiga yangicha yondashuv — barqaror taraqqiyot garovi.

Maʼmurov Ulug'bek

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.


Bugungi kunda BuxDU “Harbiy ta’lim” fakultetida dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada olib borish va ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazish borasida yangicha yondashuv, innovatsion texnologiyalar tatbiq qilinib, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi.


Fakultetda yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun, tabiiyki, o‘qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati yuksak bo‘lmog‘i lozim. Bu borada har bir ofitser o‘qituvchi muntazam ravishda mashg‘ulotga alohida tayyorgarlik ko‘rishi bilan bir qatorda ta’lim tizimiga yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llangan holda mashg‘ulotlar olib borilishi ijobiy amalga oshirilmoqda.

Report Page