Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda "Davlat tili haqida"gi qonun bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda "Davlat tili haqida"gi qonun bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

https://t.me/peshkuhokimiyat

2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yil 6-fevraldagi 1/20-sonli yig‘ilish bayoni 1-ilovasiga muvofiq Kengash rejasida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish vazifasi ko‘rsatilgan.Shu topshiriqdan kelib chiqib, tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolaridan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 19-aprel kuni tumandagi 12-43-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.‌‌

O‘rganish jarayonida maktablarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish qaratilgan amaliy ishlar, taʼlim muassasasi hududida maʼnaviyat va davlat tiliga doir targ‘ibot vositalari mavjudligi, taʼlim muassasasidagi peshlavhalar holati, Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, Maktab-oila-mahalla hamkorligi borasida olib borilayotgan ishlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining ish rejasi, Ma'rifat soatlari, Ma'naviyat va ma'rifat o‘quvlari, Kengash hujjatlari, ma'naviy-madaniy tadbirlar monitoringi va o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishi o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Peshku tuman bo‘linmasi





Report content on this page




Report Page