Talablar
VajhulqomarMuhabbat
Bu til eshigini majburiyatdan emas, muhabbatdan taqillatish.
Intizom
Muhabbatda ham intizom bo'lishi uni go'zallashtiradi, oshiradi.
Hurmat
Ustozga va darslarga hurmat bilan munosabatda bo'lish.
Punktuallik
Vazifalarni o'z vaqtida bajarish va yuborish, jonli darslarni qoldirmay, belgilangan vaqtda qatnashish.
Va'daga vafo
Kursga kirishdan oldin qaroringiz aniq bo'lishi, darslar davomida qat'iyatli bo'lish. Qaytish yo'q, to'xtash yo'q. Boshqa bir talabaning o'rnini egallaganini yaxshilab tushunish.
Jazolar
Darslar, vazifalar, jonli darslar, diktant imtihonlar - barchasi bo'yicha qoida buzishlar to'rt bosqichda jazolanadi:
- Shaxsiy xabar yuborib ogohlantiriladi.
- Guruhda uyaltirilib, haydalishi mumkinligi aytiladi.
- Guruhdan chiqarilib, vazifalarni to'liq yetkazib olishi uchun 3 kun imkon beriladi.
- Guruhdan butunlay chetlashtiriladi va to'lov qaytarilmaydi.
📲Murojaat uchun: @vajhulqomar_admin
📍Bizning manzil: @vajh_ulqomar