Talablar

Talablar

Xalqaro Nordik universiteti


Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

Maqola hajmi: 12 betdan oshmasligi kerak.

Matn redaktori: MS Word.

Qog‘oz o‘lchami: A4 (21x29,7 sm) shrifti: Times New Roman, asosiy matn o‘lchami 12 kegl; qatorlar oralig‘i (interval): 1.

Asosiy matn boshlanishdan avval 0 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.

Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt;

jadval va chizmalar ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.

Hoshiyalar (chegaralar): yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0, o‘ngdan 2,0 sm.

Sahifa (bet) raqamlari: toq raqamlar pastki chap burchakda, juft raqamlar pastki o‘ng burchakda aks etishi lozim.

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va fin tillarida taqdim etilishi kerak.

Quyidagi tartibda tuziladi: sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, asosiy qism (metodologiya, tahlillar, natijalar) xulosa va adabiyotlar ro‘yxati.

Asosiy va qo‘shimcha sarlavhalar: qalin harflar bilan (12 pt) yozilishi, chap tomonga nisbatan tekislanishi lozim. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar quyidagicha tartiblanishi: 1. Kirish, 2., 2.1, 2.1.1 va h.k. (uchtadan ortiq raqamlangan bo‘lim sarlavhalaridan foydalanmang, masalan 2.1.1.1).

Raqamsiz sarlavhalarga ham ruxsat beriladi.

Rasm va jadvallar (shrift o‘lchami 9 kegl) matnga birlashtirilishi va aniq havola berilishi kerak, masalan: (1-rasm) yoki ... “2-jadvalda ... taqdim etildi”.

Rasm va jadvallar oq qora rangda bo‘lishi lozim. Har bir rasm va jadval nomlanishi va o‘sib borish ketma-ketligida raqamlanishi kerak. Rasm va jadvallarning sarlavhasi chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi, manbasi esa, chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi lozim. 

Talab darajasida tayyorlangan maqolalar mas’ul xodim telegram raqami yoki conference@nordicmail.uz pochatasi orqali bepul qabul qilinadi.

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!

Report Page