Talaba.uz | official
@talabauzOxirgi surati uchun jon bergan fotograflar.
Bill Biggart 2001-yil 11-sentabrda halok bo‘lgan
Fotosuratchi Jahon Savdo Markaziga hujum haqida xabar berilganida uyda bo‘lgan va darhol uchta kamerani olib, voqea joyiga yo‘l olgan. U odamlarni, to‘kilayotgan bo‘laklar va tutunni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ehtimol, bu keyinchalik tergov jarayonida yordam bergan.
Bill egizak minoralarga juda yaqin borgan. U janubiy binoning qulashini suratga olayotganida, shimoliy binoning qoldiqlari ustiga yopirilib tushgan.
Suratchining jasadi bir necha kundan keyin topilgan. Kameralar yakson bo‘lgandi, ammo xotira kartalari saqlanib qolgan va siz ulardagi fotosuratlarni ko‘rib turibsiz.
Pol Shutser 1967-yil 5-iyunda Isroilda vafot etgan
Pol Shutser “LIFE” jurnalining fotojurnalisti edi. 1967-yil iyun oyida u Isroilga keladi. Misr prezidentining xalqni “yahudiylarni dengizga tashlab, ularni millat sifatida yo‘q qilishga” chaqirgan murojaatidan so‘ng, barcha qo‘shni arab davlatlari o‘z qo‘shinlarini safarbar qilishdi. Olti kunlik urush paytida Pol Isroilda bo‘lgan.
Fotosuratchi ushbu suratlarni olganidan so‘ng, uning boshiga snaryad kelib tushgan. O‘limidan bir necha soniya o‘tgach, u bilan birga ketayotgan Isroil askarlarining yuk mashinasi portlatib yuborilgan. Yo‘lovchilar va fotografning qoldiqlari bir kundan keyin topilgan.
Ontake vulqonining otilishi. 2014-yil 27-sentabr, Yaponiya
Bu hodisa sodir bo‘lganida, 300 nafar alpinist vulqon tog‘iga chiqishayotgandi. Tog‘ havaskor alpinistlar uchun eng mashhur joylardan biri edi.
Alpinistlarning faqat bir qismi o‘z vaqtida tushishga muvaffaq bo‘lgan.
Izumi Noguchi – siz ko‘rib turgan fotosuratlar muallifi bo‘lib, u alpinistlar lagerida yashirinishga harakat qilgan.
Lager issiq gaz va tosh ko‘chkisi bilan qoplangan. Kamera erib ketgan, ammo xotira kartasiga zarar yetmagan.