Talaba.uz | official

Talaba.uz | official

Support

Agar puling kam bo‘lsa – biznes qil yoxud Rokfellerning qiziq fikrlari.

Tadbirkor qizil kostyum, yarqirab turgan tufli kiyishi va Bentli sotib olishi bilan uning ustiga osmondan pullar yog‘ilishni boshlaydi. Ko‘p kinofilmlarda aynan shu lavhani ko‘rish mumkin.

Amaliyotchilarning ta'kidlashicha, katta mablag‘ peshona teri, temirdek iroda va yuqori darajadagi maqsadga intiluvchanlik evaziga yig‘iladi. Rokfellarlar oilasi avloddan-avlodga aynan shu yo‘l bilan o‘zining ulkan boyligini to‘plagan. Bugungi kundagi kurs bo‘yicha hisob-kitob qilganda, Jon Devison Rokfeller (Rokfellerlar oilasining asoschisi)ning boyligi 300 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.

Siyosat, biznes sohasida katta muvaffaqiyatga uchragan kishilarning aytgan so‘zlari keng ommaga juda ham qiziqarli va ibratlidir. Aynan Jon Rokfellerning so‘zlari ko‘pgina muvaffaqiyatli tadbirkorlarga pullar, sarmoya qilish usullari va boylikka erishish yo‘llari haqida tushunchaga ega bo‘lishlarida yordam bergan.  

ROKFeLLeR PULLAR HAQIDA

Pulingni hamma narsada teja, ko‘proq hajmda va to‘g‘ri ishlab chiqaruvchining o‘zidan sotib ol. 

Oldindan zarur narsalar ro‘yxatini tuzib ol va faqat ro‘yxatdagi narsalarni xarid qil.

Agar puling kam bo‘lsa – biznes qil. Agar puling umuman bo‘lmasa – unda zudlik bilan biznes qil!!!

24 soat ishlab, biroq kallani ishlatmasang – pul ishlay olmaysan! 

O‘zingning daromad manbaingni yarat hamda hayotdan huzurlanib yasha.

Ko‘proq qiziqarli odamlar bilan suhbatda bo‘l. Kamgap odamlar juda kam holda boyga aylanadilar.

Boy odamlarning biografiyalarini va aytgan so‘zlarini yaxshilab o‘rgan.

Kattaroq narsa haqida o‘ylashdan to‘xtama, inson orzu qilishdan to‘xtasa o‘lgan bilan barobar bo‘ladi.

Odamlarga chin yurakdan beminnat yordam ber, biroq dangasa va ishyoqmaslarga emas!

Sizning farovonligingiz siz qabul qilgan qarorlarga bog‘liq.

Boyni kambag‘aldan ajratib turuvchi 13 farq:

Boylar vaqt va mablag‘ni tejaydilar.

Boylar topgan-tutganlarini sarmoyalaydilar, kambag‘allar esa ishlatib yuboradilar.

Kambag‘al uchun pul maqsad, boy uchun esa ulkan imkoniyatlardir.

Boy odamda hech qachon ortiqcha pul bo‘lmaydi, kambag‘alda esa bo‘ladi.

Kambag‘al hamma narsani taklif qilingan narxda sotib oladi. Boy esa arzonrog‘ini qidiradi. 

Kambag‘al o‘zidan "fors shayxi"ni ko‘rsatishni yoqtiradi, boy esa puliga yarasha yashaydi. 

Boy odamning qoidasi: "Biz arzon narsa sotib oladigan darajada boy emasmiz".

Boy pulini daromad keltiradigan narsaga, kambag‘al esa katta zarar keltiradigan narsaga sarmoyalaydi. 

Boy omadsizliklarining sababini o‘zidan qidiradi, kambag‘al esa boshqalardan.

Kambag‘al boyni ko‘ra olmaydi, boy esa kambag‘alni sezmaydi.

Kambag‘al pul uchun ishlaydi, pul esa boylar uchun ishlaydi.

Kambag‘al hech qachon puli nimaga ketganligini bilmaydi. Boy esa o‘zining xarajatlarini nazorat qilib boradi.

Kambag‘alga million bersang, ishlatib yuboradi. Boyga o‘n ming bersang, million ishlab oladi.

Rokfellerning muvaffaqiyati hech qanday ilojisi yo‘q bo‘lgan narsani nazarda tutmagan. U butun umrini o‘zi yoqtirgan ishga va mehnatga bag‘ishladi va haqli ravishda mukofotini oldi. U 98 yoshgacha yashab, dunyodagi eng katta biznes-imperiyani yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldi. U so‘nggi nafasi chiqquncha aqli rasoligini yo‘qotmadi hamda biznes sohasidagi faoliyatini davom ettirdi.

Report Page