Talabamiz bilan suhbat

Talabamiz bilan suhbat


Xitoy haqidagi qiziqarli savollarga talabalarimizdan tajribaga asoslangan javoblar!

Savollar: ❓

1 Universitetga kelganingizdan keyingi umumiy taassurotingiz qanday? 🏫

2 Universitet va ta’lim jarayoni siz kutganingizga mos kelyaptimi? 📚

3 Darslar qanday o‘tadi — qiyinmi yoki moslashish osonmi? 📖

4 O‘qituvchilar xalqaro talabalar bilan qanday munosabatda? 👨‍🏫

5 Universitetdagi registration jarayoni qanday o‘tdi? 📝

6 Talaba ketishidan oldin universitet haqida nimalarni bilishi kerak, deb o‘ylaysiz? 🧳

7 Xitoyda kundalik hayotda eng qiyin bo‘lgan narsa nima? 🍜

8 Xitoyda xavfsizlik borasida qanday taassurot oldingiz? 🛡

9 Yotoqxona, transport va oziq-ovqat xarajatlari haqida nima deya olasiz? 🚌

10 Xitoyga kelgandan keyin qaysi ilovalar eng kerakli bo‘ldi? 📱

11 Xitoy tilini bilmasdan kelish qanchalik qiyin? Kundalik hayotda ingliz tili yetarlimi? 🗣

12 Agar Xitoyga ketishdan oldingi holatingizga qaytsangiz, nimalarni boshqacha qilgan bo‘lardingiz? ⏳

13 Xitoyda o‘qishning sizga eng yoqqan tomoni nima? ❤️


Javoblar: 💬


1Xo‘p, birinchi savolga: univerga birinchi kelganimda to‘g‘risi nima qilishni

 bilmasdan sal qiynaldim 😅, lekin so‘rab-surishtirib eplab moslashib oldim. 🤝

2 Univerdagi ta’lim jarayoni o‘ylaganimdan ham yaxshi. Qulay xonalar, malakali professorlar odamni yanada o‘qigisini keltirib yuboradi. 📈

3 Darslarga moslashish juda oson, tushunarli. ✅

4 O‘qituvchilar xalqaro talabalarga xitoylik talabalardan ko‘ra ko‘proq, muloyimroq munosabatda. 😊

5 Registratsiya jarayoni bir kunda hal bo‘ldi, hech qanaqa muammolarsiz. ⏱️

6 Talaba ketishidan oldin univerning joylashuvi hamda sharoitlarini bilishi kerak deb o‘ylayman. 🏫

7 Xitoyda kundalik hayotda qiyin bo‘lgan narsa — ovqat masalasi. Men o‘zbek sifatida Xitoyning milliy taomlarini yoqtirmadim. 🙅‍♂️

8 Xitoy judayam xavfsiz. Odamlari samimiy, hech qanaqa zo‘ravonliklarni ko‘rmadim. 🕊

9 Transport masalasi Xitoyda rivojlangan , hech qanday muammo bo‘lmaydi. Narxlari O‘zbekistonnikidan judayam ko‘p farq qilmaydi Yotoqxonasiga kelsak, sharoitlari zo‘r! 🏨

10 Xitoyga kelgandan keyin Alipay , WeChat , Meituan , Taobao va Didi eng kerakli ilovalar bo'ldi.💳

11 Men faqat ingliz tilini bilaman xolos, xitoy tilidan hech qanaqa bilimim yo‘q. Shunga qaramasdan muammoga uchramadim. Magazinlarga, kafelarga kirganda biroz noqulay bo‘lishi mumkin, tarjima qiladigan programmalardan foydalanilsa bo‘ldi, muammosi yo‘q. 📱

12 Xitoyga kelishimdan oldingi holatimga qaytganimda, avval nima qilgan bo‘lsam shuni qilardim. 🔄

13 Xitoyda o‘qishning menga yoqqan tomonlari juda ko‘p: bu yerdagi ta’lim tizimi 🎓, xavfsizlik tizimlari 📹, xonalardagi yuqori darajadagi texnologik jihozlari 💻. Qisqa qilib aytganda, o‘zimizning yurtimizga solishtirganda Xitoy har tomonlama rivojlanganroq. 🚀


Beijing Jiaotong University talabasi — Ulug'bek 🎓✨


Report Page