Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi chora-tadbirlarni o'rganish maqsadida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari ish faoliyatidan lavhalar!

Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi chora-tadbirlarni o'rganish maqsadida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari ish faoliyatidan lavhalar!

Toyirova Nazokat Moxirovna Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti


Buxoro davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti tyutori N.M.Toyirova guruh talabalari ish faoliyati bilan tanishdi. Talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda hayotiy hamda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishish borasida amalga oshirilgan ishlar. 14-1BTU-19 guruh talabasi Homidova Zarina Rustam qizining darsdan bo'sh vaqtlarida o'quvchilarni Prezident maktabiga tayyorlov to'garagiga rahbarlik qilyapti. Talabamiz ustozlaridan olgan bilimni hayotga tadbiq qilyapti.

Talabalarning ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ishlar bo'yicha talabalar ijodidan namunalar. 14-1BTU-19 guruh talabasi Yusupova Zarnigor Alisher qizi darsdan bo'sh vaqtlarida qo'l mehnati bilan turli xil taqinchoqlar va turli xildagi badiiy kitoblar mutolaa qiladi.

14-3BTU-19 Fazliddinova Muhayyo Faxriddin qizi darsdan bo'sh vaqtlarida talaba qizlarga va ayollarga bejirim liboslar tikib barchani xursand qiladi.

"Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim" fakulteti matbuot xizmati.












Report Page