Talabalarning axloqiy yetukligini oshirish maqsadida tadbir bo`lib o`tdi

Talabalarning axloqiy yetukligini oshirish maqsadida tadbir bo`lib o`tdi


 Kuni kecha BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.X.Navruzova rahbarligida 11-1,2 ing 20 guruh talabalari bilan talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida “Talabalar qanday axloqga ega bo’lishlari kerak?” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda turli-tuman she’rlar, sahna namoyishi, ulug’ donishmandlarning hikmatli so’zlaridan lavhalar, qiziqarli taqdimot joy oldi. Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilaridan S.S.Qurbonov M.A.Soliyeva, N.Z. Ro'ziyeva, A.M. Naimova, N.M.Muhammadiyeva, N.N.Xayrullayeva, K.B.Namozova ishtirok etib, talabalar qanday axloqga ega bo’lishlari, kiyinish madaniyati va talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun maslahat va tavsiyalar berishdi.

  Kafedra kunlari doirasida tashkil etilgan tadbir dasturi barchada iliq taassurot qoldirdi.



Report Page