Talabalar yangi o‘quv yilini yangi binoda boshladilar!

Talabalar yangi o‘quv yilini yangi binoda boshladilar!

Xalqaro Nordik universiteti
Ochilish marosimi

# Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,

O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!..

Bugun, 3-oktyabr kuni Xalqaro Nordik universitetining yangi 2-o‘quv binosi tantanali ochildi. Talabalar yangi o‘quv yilini yangi binoda boshladilar.

Ochilish marosimi

Tantanali tadbirda oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni ilk muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Xalqaro Nordik universiteti faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishtirib o‘tdi. Ularga ilm olish, talabalik fursatlaridan unumli foydalanish borasida tavsiyalar berdi.
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi

Shundan so‘ng musiqa sadolari ostida ramziy lenta kesilib, yangi o‘quv bino tantanali ochildi.

Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi

1-kursga qabul qilingan kunduzgi ta'lim talabalari uchun "Orientation week" o‘quv-tanishtiruv haftaligi start oldi.


Eslatib o‘tamiz, 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar 15-oktyabrgacha kontrakt-to‘lovni amalga oshirib, talabalarimiz safiga qo‘shilishlari mumkin!

Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi
Ochilish marosimi

Report Page