“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Universitetda tahsil oluvchi (taʼlim yoʻnalishi musiqa taʼlimi va aktyorlik
sanʼati boʻlmagan) barcha talaba-yoshlar oʻrtasida “Giyohvandlikka “yoʻq” deyish - orzularga “ha”
deyish!” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi (bundan keyingi oʻrinlarda - Tanlov)ni
oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash
maqsadida oʻtkaziladi.
II. Tanlovning maqsad va vazifalari
3. Tanlovning maqsadi - talaba-yoshlarni teatr sanʼati vositasida giyohvandlik va unga bogʻliq
jinoyatlarning ijtimoiy hamda inson salomatligi uchun xavfi haqida xabardor qilish, ularda
giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sogʻlom turmush tarziga, yuksak
maʼnaviyatga va Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga
oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish va ragʻbatlantirishdan iborat.
4. Tanlovning asosiy vazifalari:
a) talaba-yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va
ularning samaradorligini oshirish;
b) yoshlarda “yoʻq” deya olish, mustaqil va masʼuliyatli qaror qabul qilish koʻnikmalarini
rivojlantirish;
c) sahna asarlari orqali giyohvandlikning oqibatlari, uning oila, jamiyat va kelajakka
yetkazadigan zarari haqida taʼsirchan va ishonarli tarzda soʻzlash;
d) talabalar teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni teatr sanʼatiga jalb etish
va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish;
e) universitetda olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar va profilaktika tadbirlarining
samaradorligini oshirish;
f) millat genofondini asrash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi davlat
siyosatining mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish.
III. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
5. Tanlovning universitet bosqichi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi
tomonidan tashkil etiladi. Tanlovda barcha fakultetlarning talaba-yoshlaridan tashkil topgan teatr
studiyalari jamoalari ishtirok etadi.
6. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchi fakultet jamoasi belgilangan muddatlarda
Universitet Tashkiliy ishchi guruhiga ariza bilan murojaat qilishi shart. Murojaat qilmagan jamoaning Tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Arizaga spektaklning nomi, qisqacha mazmuni
(annotatsiyasi), ssenariysi, ishtirokchilar roʻyxati hamda fakultet bosqichi yakuni bo‘yicha
bayonnoma ilova qilinadi.
7. Tanlovni tashkil etish va uni oʻtkazish universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy
maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori zimmasiga yuklatiladi.
8. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoalar universitet talaba-yoshlaridan iborat tarkibda 10
nafardan oshmagan holda shakllantiriladi.
9. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich (saralash) - fakultetlarda guruhlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Bunda Hakamlar hayʼati
tavsiyasiga koʻra eng yaxshi spektakllar final bosqichiga tanlab olinadi;
2-bosqich (final) - universitet miqyosida, teatr zalida oʻtkaziladi va gʻoliblar aniqlanadi.
10. Har bir jamoa Tanlovga bitta sahna asari bilan ishtirok etadi. Spektakl mavzusi
“Giyohvandlikka “yoʻq” deyish - orzularga “ha” deyish!” shioriga mos boʻlishi shart. Spektaklning
davomiyligi 10 daqiqadan 60 daqiqagacha boʻladi.
11. Jamoalarning ssenariylari Tanlov boshlanishidan kamida 10 kun oldin Tashkiliy ishchi
guruhga taqdim etiladi va mazmuni hamda profilaktik yoʻnalishi nuqtai nazaridan Nizomning IV bobi
talablariga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqiladi. Talablarga javob bermagan ssenariy qayta ishlash
uchun jamoaga qaytariladi.
12. Spektakllar namoyishida talaba-yoshlarning tomoshabin sifatida ishtirok etishi shart. Har
bir spektakldan soʻng mutaxassislar (psixolog, shifokor, profilaktika inspektori) ishtirokida 10-15
daqiqalik ochiq muloqot tashkil etilishi mumkin.
13. Spektakllar arxiv hamda targʻibot maqsadida video tasvirga olinadi. Videorolik tayyorlash
va montaj jarayonida maxsus dastur hamda uskunalardan foydalanish Tashkiliy ishchi guruhning
ixtiyoriga havola etiladi.
14. Tanlov 50 ballgacha baholanadi. Tanlov universitet bosqichida oflayn tarzda boʻlib oʻtadi
va gʻoliblar aniqlanadi.
IV. Spektakl mazmuniga qoʻyiladigan talablar
15. Tanlov spektakllari quyidagi talablarga javob berishi shart:
a) giyohvandlikning insonning sogʻligʻi, oilasi, kelajagi va jamiyat hayotiga yetkazadigan
zararini koʻrsatishi;
b) “yoʻq” deya olish, toʻgʻri tanlov qilish, yordam soʻrash va davolanish orqali qaytish
mumkinligi gʻoyasini ilgari surishi;
c) oila, mahalla, doʻstlik, masʼuliyat va orzularga intilish kabi umuminsoniy hamda milliy
qadriyatlarni targʻib etishi;
d) giyohvandlik va narkojinoyatlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik haqida
toʻgʻri axborot berishi;
e) oʻzbek tili adabiy meʼyorlariga, sahna madaniyati va axloq qoidalariga mos boʻlishi.
16. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) giyohvandlik vositalari va ularni isteʼmol qilishni ulugʻlash, jozibali yoki zararsiz qilib
koʻrsatish, reklama qilish;b) giyohvandlik vositalarini tayyorlash, olish, tarqatish va isteʼmol qilish usullarini batafsil
yoki real tarzda namoyish etish;
c) sahnada haqiqiy giyohvandlik vositalari yoki ularga oʻxshash moddalardan foydalanish;
d) zoʻravonlik, vahima, qoʻrqitish yoki tomoshabin ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi
sahnalarni haddan tashqari tasvirlash;
e) aniq shaxslarni nomlash yoki haqorat qilish, shuningdek, giyohvandlikka chalingan
shaxslarni kamsitish;
f) hayosizlikni, millatimiz qadriyatlariga zid holatlarni targʻib qiluvchi sahna asarlarini ijro
etish.
V. Tanlov gʻoliblari va nominatsiyalarini baholash mezonlari
17. Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hayʼati tomonidan quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
T/r
Baholash mezoni
Eng ko‘p ball
1.
Spektaklning gʻoyaviy-badiiy talqini va yechimi, mavzuning
“Giyohvandlikka “yoʻq” deyish - orzularga “ha” deyish!” shioriga
mosligi
10
2.
Mavzuning dolzarbligi, giyohvandlik xavfini yoshlar hayoti misolida
taʼsirchan ochib berish, muammoning ijobiy yechimi boʻyicha jamoa
takliflari
10
3.
Aktyorlik mahorati, nutq va sahna madaniyati, ijrochilarning oʻzaro
hamkorligi
10
4.
Sahna bezagi, musiqiy ifoda, kiyim, rekvizit va dekoratsiyadan oqilona
foydalanish
5
5.
Xalqimizning madaniy merosi, qadriyatlari, oila va mahalla
anʼanalaridan foydalanilganligi, milliylik
5
6.
Asarning yangiligi, oʻziga xosligi (avval sahnalashtirilmaganligi)
5
7.
Nizom talablari va belgilangan vaqt (reglament)ga rioya etilishi
5
Jami
50
18. Gʻoliblar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha aniqlanadi:
1-oʻrin. Tanlangan asarning badiiy-gʻoyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy
ifodasi, kiyim, rekvizit, dekoratsiya va boshqa vositalardan foydalanish imkoniyati hamda havaskor
ijrochi aktyorlarning mahorat darajasi umumiy birlikda koʻrib chiqiladi.
2-oʻrin. Sahna asari giyohvandlikning yoshlar hayotiga solayotgan xavfi, ijtimoiy
hayotimizdagi dolzarb muammo va masalalarni aks ettiruvchi mavzuga boy, badiiy jihatdan yaxlit
sahnaviy talqinga ega boʻlishi kerak. Spektaklda koʻtarilgan muammoning ijobiy yechimi boʻyicha
jamoaning takliflari eʼtiborga olinadi.
3-oʻrin. Tanlangan asarda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari, anʼanalari,
qadriyatlari, xalq ogʻzaki ijodining turli namunalaridan giyohvandlikka qarshi targʻibot maqsadida
foydalanilganligi, musiqiy va plastik raqs harakatlarini ijro mahorati inobatga olinadi. Sahna asari
doston, afsona va boshqa janrlar asosida tayyorlangan, sahna qoidalariga moslangan, kompozitsion
toʻlaqonli folklor tomoshasi boʻlishi ham mumkin.“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi. Havaskor erkak aktyorning ijrochilik
darajasi, dramatik qobiliyati, xarakterni aks ettiruvchi plastik imkoniyati, nutq madaniyati, ovoz
imkoniyatlari, hamkorlarini his qilishi, jamoani spektaklga tortishi umumiy birlikda namoyon boʻlishi
kerak.
“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi. Havaskor ayol aktyorning ijro mahorati,
dramatik qobiliyati, xarakterni aks ettiruvchi plastik imkoniyati, nutq madaniyati, ovoz imkoniyatlari,
hamkorlarini his qilishi, jamoani spektaklga tortishi umumiy birlikda namoyon boʻlishi kerak.
“Eng taʼsirchan profilaktik gʻoya” nominatsiyasi. Giyohvandlikka qarshi xabarni eng
ishonarli, yoshlar tiliga yaqin va taʼsirchan tarzda yetkazgan, “yoʻq” deya olish va orzularga intilish
gʻoyasini yorqin ifodalagan jamoa aniqlanadi.
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi. Tanlovda faol ishtirok etgan ijodkor talaba
(ssenariy muallifi, rejissyor, musiqa yoki sahna bezagi ijodkori) Hakamlar hayʼati hamda
tashkilotchilar tomonidan tanlab olinadi va taqdirlanadi.
“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi. Rahbarning teatr studiyasi
faoliyatini yoʻlga qoʻyishdagi tashkilotchilik ishlari, universitetdagi iqtidorli yoshlarni izlab topishi,
sahna asarlarini badiiy, gʻoyaviy va profilaktik jihatdan toʻgʻri tanlashi, sahnalashtirish jarayonida
amaliy yordam berishi, sahna va profilaktika mutaxassislarini ijodiy jarayonga jalb etishi, jamoada
etika, oʻzaro hurmat va madaniy tartib oʻrnatishi hamda ijodiy muhitni yaratish iqtidori eʼtiborga
olinadi.
“Eng faol fakultet” nominatsiyasi. Tanlov jarayonlarida etika, oʻzaro hurmat va madaniy
tartib oʻrnatgan hamda saralash va final bosqichlarida muntazam faol ishtirok etgan, tomoshabin
sifatida talabalarning ommaviy ishtirokini taʼminlagan fakultetning “Talabalar teatr studiyalari”
jamoasi aniqlanadi.
19. Teatr studiyalari chiqishlarini baholashda jamoalarning badiiy chiqishlari va sahnaviy
koʻrinishlarini tayyorlashdagi oʻziga xosligi, milliyligi, mazmundorliligi, mamlakatimizda
giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini oddiy va
xalqchil tarzda ochib berishi, kiyinish va nutq madaniyati, ijodiy, badiiy hamda voqea-hodisalarni
mahorat bilan ijro etishiga eʼtibor qaratiladi. Sahnada qoʻyilgan asar avvalgi yillarda Talabalar teatr
studiyalari jamoalari tomonidan sahnalashtirilmagan yangi spektakllar hamda yuqori ijro va
dolzarbligi hisobga olinib, jamoalarga ustunlik beriladi.
20. Barcha oʻrin va nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlash Hakamlar hayʼati aʼzolari
tomonidan hal etiladi. 1-oʻrin gʻolibi “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining mutlaq gʻolibi deb
topiladi. Mutlaq gʻolib jamoaning spektakli universitetda talabalar oʻrtasida profilaktika maqsadida
qayta namoyish etiladi hamda tegishli tanlov va koʻrik-tanlovlarda ishtirok etish uchun tavsiya
qilinadi.
21. Hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan oʻrin hamda nominatsiyalar yuzasidan izoh
beriladi. Qabul qilingan qarorni muhokama etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VI. Gʻoliblarni taqdirlash
22. Tanlovning universitet bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagan talabalarga universitet rektori
tomonidan maxsus diplom va tashakkurnomalar topshiriladi hamda universitetning budjet va
budjetdan tashqari toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha shakllantirilgan talabalarni ragʻbatlantirish
jamgʻarmasi hisobidan quyidagi tartibda bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin - jamoaning har bir aʼzosi uchun bazaviy stipendiyaning 3 barobari;2-oʻrin - jamoaning har bir aʼzosi uchun bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
3-oʻrin - jamoaning har bir aʼzosi bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida mukofotlanadi.
23. Quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
a) “Eng faol fakultet”;
b) “Eng yaxshi erkak roli uchun”;
c) “Eng yaxshi ayol roli uchun”;
d) “Eng taʼsirchan profilaktik gʻoya”;
e) “Jamoa ijodkor talabasi”;
f) “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari”.
24. Tanlovda faol ishtirok etgan talabalar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanadi.
25. Oʻtkazilgan Tanlov hamda faxrli oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarning chiqishlari
universitetning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritiladi.
VII. Yakuniy qoidalar
26. Jamoalar tomonidan sahnalashtirilgan sahna asarlari Nizomning IV bobi talablariga mos
kelmasa, giyohvandlikni targʻib qiluvchi yoki hayosizlikka yoʻl qoʻyuvchi sahna asarlari ijro etilgan
taqdirda, Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan spektakl jarayonida toʻxtatiladi, natijalari bekor
qilinadi va jamoa Tanlovdan chetlashtiriladi.
27. Sahnada sahna madaniyatiga amal qilmagan jamoa aʼzolariga nisbatan Hakamlar hayʼati
aʼzolari tomonidan dalolatnoma tuziladi. Ushbu holat boʻyicha jamoa aʼzosi tahsil oladigan fakultet
keyingi yilgi Tanlovda ishtirok etmaydi va masʼul rahbarlariga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
28. Davlat va nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari Tanlovda homiylik qilishlari
mumkin. Tanlovda giyohvandlik vositalari, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar reklamasi bilan
bogʻliq homiylik qabul qilinmaydi.
29. Hakamlar hayʼati aʼzolarining Tanlov bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlari xodimning
asosiy ish joyidan qoplanadi.