“Talabalar teatr studiyalari”

“Talabalar teatr studiyalari”


NIZOM

I.Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi (ta’lim yo'nalishi musiqa ta’limi va aktyorlik san’ati bo'lmagan} barcha talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi (bundan keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi)ni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

II Tanlovning maqsad va vazifalari

2. Tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomondan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va rag‘batlantirishdan iborat.

III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

3. Tanlov (tashkilotchi) Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat-marifat bo‘limi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tomonidan tashkil etiladi. fakultetlarning 20 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan teatr studiyalari jamoalari ishtirok etadi.

4. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoalar fakultet talaba-yoshlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

5. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

6. Tanlovning 1-bosqichi oktyabr, 2-bosqichi noyabr oylarida o‘tkaziladi.

7. Tanlovning 1-bosqichi oliy ta’lim muassasasidagi fakultetlar jamoalari o‘rtasida Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Mazkur bosqich yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining teatr jamoasi tanlab olinadi, 1-o‘rin g‘olib jamoa keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

8. Har bir bosqichda Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra jamoalar keyingi bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

IV. Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi nominatsiyalari va baholash mezonlari

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining nominatsiyalari:

“Eng yaxshi spektakl”

Tanlangan asarning badiiy-g‘oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi, kiyim, rekvizit, dekoratsiya va boshqa vositalardan foydalanish imkoniyati hamda havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajasi umumiy birlikda ko‘rib chiqiladi.


“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun”

Sahna asari ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, dolzarb muammo va masalalar, ayniqsa yoshlar hayotini aks ettiruvchi mavzuga boy, badiiy jihatdan yaxlit sahnaviy talqinga ega bo‘lishi kerak. Spektaklda ko‘tarilgan dolzarb muammoning ijobiy yechimiga jamoaning takliflari e’tiborga olinadi.

“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun”

Tanlangan asarda xalqimizni boy madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodiyotining turli namunalaridan foydalanganligi, musiqiy va plastik raqs harakatlarini ijrochilik mahorati inobatga olinadi. Sahna asari, doston, afsona va boshqa janrlari asosida tayyorlangan, sahna qoidalariga moslangan, kompozitsion to‘laqonli folklor tomoshasi bo‘lishi ham mumkin.

“Eng yaxshi erkak roli uchun”

Havaskor erkak aktyorning ijrochilik darajasi, dramatik qobiliyati, xarakterni aks ettiruvchi plastik imkoniyati, nutq madaniyati, ovoz imkoniyatlari, partniyorlarini his qilishi, jamoani spektaklga tortishi umumiy birlikda namoyon bo‘lishi kerak.

“Eng yaxshi ayol roli uchun”

Havaskor ayol aktyorning ijro mahorati, dramatik qobiliyati, xarakterni aks ettiruvchi plastik imkoniyati, nutq madaniyati, ovoz imkoniyatlari, partniyorlarini his qilishi, jamoani spektaklga tortishi umumiy birlikda namoyon boTishi kerak.

9. Hakamlar hay’ati tomonidan teatr studiyalari chiqishlarini baholashda quyidagi mezonlarga: jamoalarning badiiy chiqishlari va sahnaviy ko‘rinishlarini tayyorlashda o‘ziga xosligi, milliyligi, mazmundorliligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, ular mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishiga, kiyinish va nutq madaniyati, ijodiy, badiiy hamda voqea-hodisalami mahorat bilan ijro etishiga e’tibor qaratiladi. Teatr studiyalari jamoalari tayyorlagan sahna asarlariga 10 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt beriladi.

10. Faol ishtirok etib, ammo jamoa tomonidan ijro etilgan spektakllari tanlagan asari nominatsiyalarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, Hakamlar hay’ati tomonidan o‘rganiladi va ijobiy hal etilib 1, 2, 3-o‘rin berilishi mumkin.

11. Barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan hal etiladi. “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan jamoa (yoki l-o‘rin g'olibi) “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi mutlaq g‘olibi deb topiladi.

12. Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan nominatsiyalar (yoki о‘rin) yuzasidan izoh beriladi. Qabul qilingan qarorni muhokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

V. G‘oliblarni taqdirlash

17. Final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar Hakamlar hay’ati xulosasi hamda institut tashkiliy ishchi guruh raisi bayonnomasiga asosan rag‘batlantiriladi.

18. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining yakuniy final bosqichida faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalari Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng yaxshi spektakl”

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun”

“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun”

“Eng yaxshi erkak roli uchun”

“Eng yaxshi ayol roli uchun”

Shuningdek, hamkor tashkilotlaming diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi mumkin.


VI. Yakuniy qoidalar

23. Jamoalar tomonidan sahnalashtirilgan sahna asarlari Nizom talablariga mos kelmagan hayosizlikni targ‘ib qiluvchi sahna asarlari ijro etilgan taqdirda Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan spektakl jarayonida to‘xtatiladi va natijalari bekor qilinib tanlovdan chetlashtiriladi.

24. Sahnada, sahna madaniyatiga amal qilmagan jamoa a’zolariga Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan dalolatnoma tuziladi hamda ushbu jamoa a’zosi bo‘lgan fakultet keyingi yilgi “Talabalar teatr studiyalari” tanlovida ishtirok etmaydi va mas’ul rahbarlariga chora ko‘riladi.

25. Davlat va nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tanlovda homiylik qilishlari mumkin.

Report Page