Talabalar o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMI

Talabalar o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMI


𝓓𝓲𝔂𝓸𝓻𝓪 𝓐𝔁𝓶𝓮𝓭𝓸𝓿𝓪

Talabalar o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

l. Mazkur tanlov Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ'ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag'batlantirish maqsadida oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi.

2."Eng yaxshi kitobxon talaba" respublika ko‘rik-tanlovida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etadi.

3. Tanlovda talaba-yoshlarning keng qamrovli ishtiroki oliy ta'lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektorlari hamda fillial direktori o'rinbosarlari tomonidan ta'minlanadi va muvofiqlashtiriladi.

II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

4. Tanlovning asosiy maqsadi - talabalar o'rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini targ'ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste'dodli yoshlami har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat.

5. Tanlovlarnin g vazifalari quyidagilardan iborat:

- Mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ'ib etish, badiiy asarlarni yaratish va qo'llab-quwatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni hamda jamiyatimizda yuksak ma'naviyatni shakllantirish va mustahkamlashda badiiy asarlar roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;

- ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan talaba-yoshlami yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil fikrini bildirishga oid ko'nikma va malakalarini shakllantirish;

- yoshlar o'rtasida kitobxonlik harakati targ'iboti ta'sirchanligini yanada oshirish;

- kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati to'g'risida talabalaming tasavvurlarini yanada boyitish;

- iste'dodli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish;

- kitob targ'iboti orqali yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy hamda ijodiy ishlardagi faolligini yanada oshirish.

III. "Eng yaxshi kitobxon talaba", respublika ko‘rik-tanlovini o'tkazish tartibi va shartlari

7. oliy ta'lirn muassasalari talabalari o'rtasida "Eng yaxshi kitobxon talaba", respublika ko'rik-tanlovini o'tkazish bo'yicha shoir-yozuvchilar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislardan iborat Hakamlar hay'ati tuziladi

8. Tanlovning bosqichlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

"Eng bilimdon kitobxon" sharti (test shaklida).

Bunda, tanlov ishtirokchilari o'rtasida test (50 ta savoldan iborat) o‘tkaziladi.

"Annotatsiya mahorati" sharti.

Bunda, ishtirokchi tomonidan "Men yoqtirgan asar" nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo'yicha qisqacha ma'lumotlar - annotatsiya beriladi.

"Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish" sharti.

Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish jarayoni amalga oshiriladi.

IV. Tanlov shartlarini baholash mezonlari

9. Tanlovning o'tkazilish tartibiga muvofiq "Eng bilimdon kitobxon" sharti (test)

natijasi bo'yicha tanlov ishtirokchilarining to'plagan bali (to'g'ri javoblar soniga qarab 1 ta savolga 0,5 ball - jami 25 ball) inobatga olinadi. Testlar "Axborot va murabbiylik soati" doirasidagi badiiy adabiyotlardan tuziladi.

l0. "Annotatsiya mahorati" shartida Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning "Asarga

tayyorlangan annotatsiya"sini baholashda ularning belgilangan asarni o'qiganligini tekshiradi hamda mohiyatini to'g'ri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab 25 ballik tizimda quyidagi tartibda baholaydi:

Annotatsiya yozishdagi savodxonligi - 5 ball;

Tavsiya etilgan adabiyotning annotatsiyasini yozishda asaming yetakchi mazmunining to'liq qamrab olinganligi - 5 ball;

G'oyasi va kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi - 5 ball;

Annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning bog'liq ibratli tomonlari ochib berilgani - 5 ball;

Real hayot bilan adabiyotda berilgan umuminsoniy g'oyalar va milliy koloritga munosabat bildirilganligi - 5 ball.

Bunda ishtirokchi tomonidan yozilgan annotatsiya matni Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan jamoaviy tarzda ko'rib chiqilib, birgalikda xulosa qilgan holda, yagona baho (ball) qo'yiladi.

11. "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish" shartida ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish jarayoni Hakamlar hay'ati oldida amalga oshiriladi.

12. Hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchining kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish usuli hamda ushbu jarayonda tinglovchini ishontira olish qobiliyati 50 ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:

kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ'ib etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ibratli ishlar va bu borada aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida erishilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan fikr-mulohazalar mavjudligi - l0 ball;

targ'ibot jarayonida ishtirokchi tomonidan o'zi o'qigan asarlarning kuchli va ta'sirchan tomonlarini ochib berishi hamda ushbu asarlardan olgan taassurotlarining o‘z hayot yo'lida tutgan o‘rniga ahamiyat qaratishi - l0 ball;

kitob o'qishning ijobiy natijalari yuzasidan o'zi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni aniq ma'lumotlar va ishonchli asoslar bilan yetkazish orqali tinglovchini ishlontira olish qobiliyati - 10 ball;

biron-bir asarni o'qish davomida o'quvchi tomonidan kitobga nisbatan ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lib, mutolaa madaniyatiga amal qilinishi masalalariga e'tibor qaratishi - 10 ball.

13. Bunda Hakamlar hay'atining har bir a'zosi o'zining bahosini namoyishkorona e'lon qiladi va asoslab beradi. Barcha a'zolarning qo‘ygan ballari umumlashtirilib, ulaming umumiy soniga bo'lingan holda o‘rtacha baho chiqariladi.

14. Yakuniy baho - tanlovning uchta sharti natijalari bo'yicha ishtirokchilarning to'plagan ballarini qo'shish (25+25+50:100 ball) natijasi asosida aniqlanadi.

V. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

15. Tanlovning oliy ta'lim fakultetlararo, oliy ta'lim muassasasi va oliy ta'lim muassasalararo hamda hududiy saralash bosqichlarini tashkil etish hamda o'tkazish bo'yicha ishchi guruhlari tuziladi. Tanlovning ushbu bosqichlarini o'tkazishda ishchi guruhlarga oliy ta'lim muassasalari rektorlari rahbarlik qiladi hamda yuqori saviyada tashkil etilishiga shaxsan mas'ul hisoblanadi.

16. Tanlov quyidagi tartib va bosqichlarda o‘tkaziladi:

Tanlov besh bosqichda o'tkaziladi:

- oliy ta'limda fakultetlararo bosqichi;

- oliy ta'lim muassasasi bosqichi;

- oliy ta'lim muassasalararo bosqichi;

- hududiy saralash bosqichi;

- tanlovning yakuniy respublika bosqichi.

oliy ta'lim muassasasi (fakultet va oliy ta'lim muassasasi) bosqichi yakunlari bo'yicha hujjatlar tanlovning oliy ta'lim muassasalararo bosqichi o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasasiga joriy yil sentyabr oyining oxirgi o‘n kunligida topshiriladi;

oliy ta'lim muassasalararo bosqichi yakunlari bo'yicha hujjatlar tanlovning hududiy saralash bosqichi o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasasiga joriy yil oktyabr oyining birinchi o'n kunligida topshiriladi;

hududiy saralash bosqichi yakunlari bo'yicha hujjatlar tanlov o'tganidan so'ng ikki kun muddatda oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi rashkiliy ishchi guruhiga yetkaziladi.

tanlovning yakuniy respublika bosqichi - respublika oliy ta'lim muassasalari g'oliblari o'rtasida joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladi.

tanlovning yakuniy respublika bosqichi yakunlari bo'yicha Tashkiliy ishchi guruhining bayonnomasi tanlov o'tganidan so'ng o'n kun muddatda mablag' ajratish uchun vazirlikning Iqtisodiyot boshqarmasiga yetkaziladi.

VI. Tanlov g'oliblarini taqdirlash

l7. Tanlovning oliy ta'lim muassasasi bosqichi g'oliblari oliy ta'lim muassasalari tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan qatnashchilar uchun ta'lim muassasasi rahbarining faxriy yorliqtari bilan taqdirlanadi.

18. Tanlovning yakuniy 

- respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan (1,2 va 3-o‘rin) ishtirokchilar oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining diplomi, gul va quyidagi miqdorida pul mablag'lari bilan rag'batlantiriladi:

l- o‘rin - 3 500 000 (uch million besh yuz ming ) so‘m;

2-o'rin - 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m;

3-o'rin - 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m.

19. Tanlov yakuni bo'yicha o'ringa sazovor bo'la olmagan, lekin yuqori natijalarga erishgan talabalar faol ishtiroki uchun vazirlik tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

20. Tanlovning yakuniy respublika bosqichi g'oliblarini rag'batlantirish bilan bog'liq moliyaviy xarajatlar oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag' lari hisobidan o'rnatilgan tartibda qoplanadi.

21. Tanlovni tashkil etish va o'tkazishda hamkor bo'lgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar o'z hisoblaridan tanlov g'oliblarini qo‘shimcha ravishda moddiy rag'batlantirishga haqlidirlar.

VII. Yakuniy qoidalar

22. Tanlovning ishchi tili: Davlat tili.

23. Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saltlarda e'lon qilib boriladi.

24.Tanlov ishtirokchisi (boshqa shaxs) tomonidan tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o'tkazish, shuningdek, uning natijasi bilan bog‘liq murojaat (e'tiroz)lar qabul qilinmaydi.

Report Page