Talabalar ligasi uchun Jamshidbek Maxsatov savollari

Talabalar ligasi uchun Jamshidbek Maxsatov savollari

mad_max93
 Assalomu alaykum qadrli talabalar. O‘ylaymizki, Talabalar ligasining navbatdagi turiga ILHAQ (urg‘u berib o‘qilsin) bo‘lib keldingiz. Bugungi savollar paketi Jamshid Maxsatov tomonidan tayyorlangan bo‘lib, savollar sizga manzur keladi degan umiddamiz. Savoldan oldingi va keyingi ishlatiluvchi har bir jumla savolga aloqador bo‘lishi mumkin. Agarda aloqador bo‘lmasa Boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi.

1. Bu so‘z bizning tilga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “mushtoq, muntazir” kabi ma’nolarni anglatadi. 2020-yili Ulug‘ Vatan urushining 75 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan film nomi ham shunday nomlanadi.

Savol: Kelib chiqishi arabcha bo‘lgan ushbu so‘zni yozib bering.

Javob: Ilhaq.

Izoh: Ilhaq so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “umidvorlik bilan kutuvchi, mushtoq” kabi ma’nolarni bildiradi. Jahongir Ahmedov rejissorligidagi “Ilhaq” filmi esa Ulug‘ Vatan urushining 75 yilligiga bag‘ishlab ishlangan. “Talabalar ligasi” Kuzgi mavsum o‘yinlarining navbatdagi turini Ilhaq bo‘lib kutib kelgan talabalarga Assalomu Aleykum deb qolamiz.

Manba: 

1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%98%D0%BB%D1%85%D0%B0%D0%BA

2. https://uz.m.wiktionary.org/wiki/ilhaq

2. Savolda almashtirishlar mavjud.

O‘tgan yili You Tube xorvatiyalik Antonio Radichning kanalini bloklab qo‘ydi. Sabab sifatida Radichning You Tube kanalidagi Hikaru Nakamura bilan bo‘lgan suhbati keltirilgan. Sababi suhbat davomida “Ular hujum qilmoqda”, “Ular tahdid qilmoqda”, “Ular xavf ostida” kabi jumlalarni ishlatishgan va You Tube bu suhbatni ALFA deb baholagan hamda bloklagan.

Savol: Alfa o‘rnidagi 1 so‘zni yozib bering.

Javob: Ratsizm (Irqchilik).

Izoh: Yuqorida nomi aytib o‘tilgan shaxslar shaxmatchilar edi. Ular videosuhbat davomida shaxmat partiyasi haqida suhbatlashishgan. Suhbat davomida “Qoralar hujum qilmoqda”, “Qoralar tahdid qilmoqda”, “Qoralar xavf ostida” kabi jumlalar ishlatilganligi uchun You Tube Radishning kanalini bloklab qo‘ygan. Lekin keyinchalik kanal yana blokdan ochilgan.

Manba: 

https://secretmag.ru/news/youtube-priznal-rasizmom-razgovor-o-protivostoyanii-chyornykh-i-belykh-figur-v-shakhmatakh.htm

3. Yaqinda Rossiya Federatsiyasining Kurgansk viloyatida g‘alati xarakterli kiyiklar paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda ularning og‘zidan ko‘pik chiqib turadi, aylana bo‘ylab harakatlanadi va tez-tez talvasaga tushadi hamda odamlardan hurkimaydi. Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqagach, ko‘plab odamlar unga “SHUNDAY kiyiklar” deb nom berishdi.

Savol: SHUNDAY so‘zi bilan almashgan so‘zni yozing.

Javob: Zombi.

Manba: https://m.ura.news/news/1052596691

Izoh: Odamlar kiyiklarning bunday g‘alati harakatlarini ko‘rib, ularga “Zombi kiyiklar” deya nom berishgan.

4. Bu savolning javobiga qo‘shimcha tarzda, o‘zingiz xohlagan turdagi valyuta nomini yozib yuboring. Javobga qo‘shimcha tarzda valyuta nomi yozilmagan javoblar to‘g‘ri javoblar qatoriga qo‘shilmaydi.

Bir karikaturada U Venetsiyada gondolyerlik qilayotganini ko‘rishingiz mumkin.

Savol: U ni kim ekanligini yozib bering.

Javob: Xaron.

Qabul: Kharon, Charon.

Izoh: Grek mifologiyasida Xaron Stiks daryosi bo‘ylab o‘z qayig‘ida o‘liklarni, o‘liklar dunyosiga tashigan. O‘liklar dunyosiga olib borish evaziga mis tanga olgan. Tangasi yo‘q o‘liklarning ruhlari esa arosatda 100 yillab kezib yurgan. Biz ham sizdan savol avvalida valyuta so‘rash orqali, savolni topishga yordam bera oldik deb o‘ylaymiz.

Manba:

1) https://de.toonpool.com/cartoons/Death%20in%20Venice_325362 2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%B0%D1%80%D0%BE%D0%BD_(%D0%BC%D0%B8%D1%84%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D0%B3%D0%B8%D1%8F)

5. Blits.

Tarqatma material.

Mavzu: (“Film qahramonlari qaysi klublarni mualliflik huquqi buzilishida ayblab sudga berishi mumkin” nomli qisman hazil maqola asosida tayyorlangan)

1. Maqolaga ko‘ra Alfa Londonning “West Ham” klubini mualliflik huquqi buzilishida ayblab sudga berishi mumkin.

Savol: Alfa o‘rnidagi personajni yozib bering.

2. Maqolaga ko‘ra Betta “Wigan Athletic”(Uigan Atletik) klubini mualliflik huquqi buzilishida ayblab sudga berishi mumkin.

Savol: Betta o‘rnidagi personajni yozib bering.

3. Maqolaga ko‘ra Gamma Ukraina Futbol Fedratsiyasini mualliflik huquqi buzilishida ayblab sudga berishi mumkin.

Savol: Gamma o‘rnidagi personajni yozib bering

Javoblar:

1. Tor.

2. Grood(Grud).

3. Akvamen.

Manba: https://sport24.ru/news/football/2019-03-21-obladateli-avtorskikh-prav-na-betmena-sudyatsya-s-valensiyey-iz-za-novogo-logotipa-kluba

6. Tarqatma material

1. Alfa dan asosan Shimoliy Amerika hindulari foydalangan. Har bir qabiladagi Alfa dizayn jihatidan bir biridan ajralib turgan va har bir qabila Alfaga har xil nom bergan.

Savol: Alfani o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda yozib bering.

2. Betta dan Aleut va Inuitlar Shimoliy muz okeani, Bering bo‘g‘ozi, Atlantikaning shimoli va Tinch okeaning shimolida hamda ichki ko‘l va daryolarda ov qilish uchun foydalanishgan.

Savol: Bettani o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda yozib bering.

Javob: 1. Kanoe

2. Baydarka (Qabul: Kayak)

Izoh: tarqatma materialdagi qoshiqlar sizga Kanoe va Baydarkaning eshkaklari eslatgan bo‘lsa kerak.

Manbalar: 

1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D1%8D 2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%B0%D0%B9%D0%B4%D0%B0%D1%80%D0%BA%D0%B0

 7. Savolda U YER va BU YER so‘zlari boshqa so‘zlar bilan almashgan.

U YER ga boruvchi insonlar orasida bir udum bo‘lib, yerga bir parcha non bo‘lagini qo‘yishadi. Va shu ishni BU YER da ham qilish orqali o‘ziga hos Buterbrod “tayyorlashadi”.

Savol: U YER va BU YER so‘zlari o‘rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 ta toponimni yozib bering.

Javob: Arktika va Antarktida.

Qabul: Shimoliy qutb va Janubiy qutb (Hohlagan ketma-ketlikda)

Manba:

https://youtu.be/jskT0bvRYAI 3- daqiqada

 8. Garvard fiziklari yangi ionli protsessor ishlab chiqishdi. Protsessor yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar emas, balki suvli eritmadagi ionlarning harakati bilan ishlaydi. Olimlarni bu turdagi protsessor yaratishga U ilhomlantirgan.

Savol: U ni 2 so‘zda yozib bering.

Javob: Inson miyasi.

Izoh: Bilasiz protsessor ham kompyuterning “miyasi”. Ular kompyuter “miyasini” huddi inson miyasi kabi ishlab chiqishgan.

Manba: https://m.vk.com/wall42419528_814

9. 1417-yilda London meri Genri Barton qaror chiqardi, unga ko‘ra shahar ko‘chalari qish tunlarida chiroqlar bilan yoritilishi kerak edi. Shundan keyin Londonda tunda harakatlanish xavfsiz bo‘ldi va ko‘cha jinoyatchilari sezilarli kamaydi.

Savol: Oradan bir asr o‘tib kim Parij ko‘chalarida ham ko‘cha chiroqlari o‘rnatilishini buyurgan?

Javob: Lyudovik XIV

Izoh: Aytishlaricha, shuning uchun uni “Quyosh Qirol” deb atashgan ekan.

Manba: https://i-fakt.ru/interesnye-fakty-o-fonarshhikax/

10. Tarqatma material.

Tarqatma materialdagi rasmga Pikabu.ru sayti Uning Alfasi deya nom bergan.

Savol: Uning Alfasi so‘zlari o‘rnidagi atoqli ot qatnashgan 3 so‘zni yozib bering.

Javob: O‘lmas Kashsheyning o‘limi.

Izoh: Ertakda aytilishicha, Kashsheyning joni “igna uchida, igna tuxumda, tuxum o‘rdakda, o‘rdak quyonda, quyon qutida yashiringan, quti zanjirlangan va eman daraxtiga osilgan.

Manba:

https://pikabu.ru/story/smert_koshcheya_6728121?view=amp

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D1%89%D0%B5%D0%B9

11. Savolda 3 ta harf tushirib qoldirilgan.

1896-yilgi Olimpiada medalining old tomoniga Olimpiya stadioni tepasida uchayotgan g‘alaba ma’budasi tasvirlangan. Medalda yangi Olimpiada erasiga ishora sifatida esa IKS ham tasvirlangan.

Savol: Tushirib qoldirilgan 3 harfni toping.

Javob: FEN

Izoh: Medalda FENIKS qushi tasvirlangan.

Manba: 

1. https://www.ma-shops.com/svcollector/item.php?id=1225&curr=USD

2. https://www.numisbids.com/n.php?p=lot&sid=1007&lot=647

12. Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan yagona kompyuter o‘yini bu o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib, nomi “Oyna orqali”. Bu o‘yin 1865-yilda nashr etilgan bir asardan ilhomlanib yaratilgan.

Savol: Ushbu asar muallifini toping.

Javob: Luis Kerrol

Izoh: Gap “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asari haqida edi. Ushbu asar Luis Kerrol tomonidan 1865-yilda nashr etilgan.

Manba:

1. https://dzen.ru/media/id/61dc6ad0f443461eef69e09b/15-interesnyh-faktov-o-kompiuterah-6219f9cc16b4077ea9aa5117

2. https://translated.turbopages.org/proxy_u/en-ru.ru.303d3afb-634dab45-06b2b6fe-74722d776562/https/en.wikipedia.org/wiki/Through_the_Looking_Glass_(video_game)

3. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BB%D0%B8%D1%81%D0%B0_%D0%B2_%D0%A1%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B5_%D1%87%D1%83%D0%B4%D0%B5%D1%81

13. Savolda U so‘zi boshqa so‘z bilan almashtirilgan.

O‘tgan asrning 70-yillarida Budapeshtlik professor Budapesht amaliy san’at akademiyasida o‘z oquvchilariga bir mavzuni tushuntirishga qiynaladi va oxir oqibat Uni yaratadi. Professor bir gapida quyidagilarni aytadi: “Bu qanchalik qiziq tuyulmasin, men o‘zim yaratgan kodni o‘zim o‘qiyolmayotgandekman go‘yo ”. 

Savol: Ushbu professorni familiyasini toping.

Javob: Rubik.

Izoh: Gap Erno Rubik yaratgan Kubik-rubik haqida edi. Qanchalik qiziq tuyulmasin Rubikning o‘zi ham ushbu boshqotrimasini yechishga qiynalgan.

Manba: 

1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A0%D1%83%D0%B1%D0%B8%D0%BA,_%D0%AD%D1%80%D0%BD%D1%91#%D0%98%D0%B7%D0%BE%D0%B1%D1%80%D0%B5%D1%82%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D0%B1%D0%B8%D0%BA_%D0%A0%D1%83%D0%B1%D0%B8%D0%BA%D0%B0#%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%8F

3. https://pulse.mail.ru/article/rubik-ne-mog-sobrat-kubik-rubika-7105372021791260387-1179651037654122037/

14. Bob Geylning aytishicha, u otasining maktab davridagi albomini topib oladi. O‘zining ota-onasining eski buyumlarini ko‘rib, Geyl o‘z-o‘ziga savol beradi: “Agar men o‘sha davrga tushib qolsam nima bo‘lardi?”

Savol: Siz menga barchamizga tanish Geylning do‘stining ism familiyasini yozib bering.

Javob: Robert Zemekis

Izoh: Bobning ushbu gaplaridan ilhomlangan Robert Zemekis “Kelajakga qaytib” filmini yaratadi.

Manba: 

1. https://kino.rambler.ru/movies/49535607/?utm_content=kino_media&utm_medium=read_more&utm_source=copylink

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B5%D0%BC%D0%B5%D0%BA%D0%B8%D1%81,_%D0%A0%D0%BE%D0%B1%D0%B5%D1%80%D1%82  

15. Savolda U so‘zi boshqa bir so‘z bilan almashtirilgan.

1877-yilda Shvetsiyalik ishbilarmon Lundberg Uni ishlab chiqaruvchi “Quyosh” deb nomlanuvchi fabrikaga asos soladi. 1980-yili Algot Tietyavyanenning bir povestidan ilhomlangan Leonid Gayday tomonidan yaratilgan filmda esa U bosh qahramonning oilasini barbod qilishiga sal qoladi.

Savol: Ushbu film bosh qahramonining ismini toping.

Javob: Ixalaynen.

Izoh: Gap gugurt haqida edi. Gururtga ketib filmining syujeti Algot Tietyavyanenning shu nomli povestidan olingan. Algotning familiyasi esa sizni Finlandiyaga yetaklagan bo‘lishi mumkin.

Manba: 

1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B0_%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%87%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%B8_(%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC) 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D0%B9%D1%8E_%D0%9B%D0%B0%D1%81%D1%81%D0%B8%D0%BB%D0%B0 3. http://matchboxs.info/manufacturers-matches/8-joint-stock-company-qsunq-chudovo.html

16. Alfa haqidagi maqolada “Spektr” filmidagi Meksikada o‘tkazilgan “O‘liklar kuni” paradi sahnasidan keyin Meksikada “O‘liklar kuni” paradi ommalashib ketgani aytiladi.

Savol: Alfani 2 so‘zda yozib bering.

Javob: Pitsa effekti

Izoh: Pitsa AQSh da ommalashib ketgandan keyingina Italiyada mashhurlikka erishgan. Bu kabi holatlarga Pitsa effekti deyiladi.

Manbalar: 1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Pizza_effect

2. https://www.cbsnews.com/sanfrancisco/news/mexico-parade-day-dead-james-bond-spectre/

17. Finlar Youlupukki deb ataydigan bu hudud geografik jihatdan 4 ta davlat Rossiya, Norvegiya, Shvetsiya va Findlandiyada joylashgan. Bu hududda odamlardan ko‘ra bug‘ular ko‘proq.

Savol: Bu hudud nomini 1 so‘zda yozib bering.

Javob: Laplandiya

Izoh: Laplandiyada Santa Klaus yashaydi deyiladi. Bu yerda bug‘ularning soni odamlarga nisbatan ko‘pligi sizni javobga yetakladi deb o‘ylaymiz.

Manba: https://i-fakt.ru/interesnye-fakty-o-laplandii/ 

18. Savol matnida U so‘zi boshqa 1 so‘z bilan almashtirilgan.

2020-yili Britaniyaning WhatShed bog‘dorchilik kompaniyasi Unda bog‘ yaratish uchun bog‘bonlar qidirayotgani e’lon qilindi. Kompaniya ishchilarga ishning foydali jihati sifatida ”masofaviy ishlash”ni ko‘rsatgan.

Savol: U o‘rnidagi 2 o‘zakli inglizcha so‘zni yozib bering

Javob: Minecraft.

Izoh: WhatShed kompaniyasi Minecraft o‘ynovchi insonlar uchun virtual bog‘dorchilik xizmatlarini ko‘rsatish uchun virtual bog‘bonlarni ishga jalb qilgan.

Manba: https://whatshed.co.uk/articles/virtual-landscape-gardener-in-minecraft/

19. Savolda Alfa so‘zi boshqa 2 so‘z bilan almashgan.

AQSh iqtisodiyoti haqidagi BBC maqolasida AQShdagi kichik bizneslar AQSH bozorining 99%ni egallashi, ularsiz katta kompaniyalar qo‘l-oyoqsiz qolishi haqida aytilgan. So‘ngi paytlarda kichik biznes kompaniyalariga kiber xujumlarning ortishi, kichik biznes kompaniyalari AQSh iqtisodiyotining ALFA siga aylanib qolayotgani aytilgan.

Savol: ALFA o‘rnidagi atoqli ot qatnashgan 2 so‘zni yozib bering.

Javob: Axilles tovoni.

Izoh: Bu maqolada AQShdagi kichik bizneslar AQSH bozorining 99%ni egallashi, ularsiz katta kompaniyalar qòl oyoqsiz qolishi haqida aytilgan. Sòngi paytlarda kichik biznes kompaniyalariga kiber xujumlarning ortishi, kichik biznes kompaniyalari "axilles tovoni" ga aylanib qolayotgani aytilgan

Manba: https://www.bbc.com/news/business-63260648  

20. Ayvar - go‘shtli ovqatlar yoki non bilan birga beriladigan Bolqon taomidir. Ayvar so‘zi U ma’nosini bildiradi. Bizga esa U ning qizil, qora va yana bir turi juda tanish.

Savol: Uni o‘zbekcha bo‘lmagan 1 so‘zda yozib bering

Javob: Ikra

Izoh: Ayva sabzavotli ikra bo‘lib, ko‘pincha qalampirdan tayyorlanadi.

Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Айвар  

21. AQSh Ikkinchi jahon urushiga Yaponiyaning Perl-Harborga hujumidan keyin kirdi. Voqealari XXI asrda yuz beruvchi asar qahramoni, XXI asr boshidagi bir voqeani Perl-Harbor bilan taqqoslaydi.

Savol: Perl-Harbor bilan taqqoslangan bu voqea qachon yuz bergan?

Javob: 2001-yil 11-sentyabr.

Izoh: AQSh 11-sentyabr voqealaridan keyin Terrorizmga qarshi kurashga kirgan. Huddi Perl-Harbordagi kabi.

Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Attack_on_Pearl

2. https://tinyurl.com/nmm9brsx  

22. Tarqatma material.

Tarqatma materialda siz bir taomning ko‘rinishini ko‘rib turibsiz. Bu taom haqida gapirar ekan Anastasiya Ermakova U ni eslab o‘tadi,

Savol: U ni 2 so‘zda yozib bering.

Javob: O‘lmas Koshshey.

Izoh: Oldingi turda biz sizga O‘lmas Koshshey haqidagi ketma-ketlikni aytib o‘tgandik. Rasmga etibor bersangiz rasmdagi parrandalar ham bir-birining ichida joylashgan.

Manba: https://disgustingmen.com/history/weird-medieval-cooking/ 

23. (Boshlovchi savolni o‘qishdan oldin o‘zi o‘tirgan stolni uch marta taqillatsin va savolni e’lon qilsin.)

Vera Milchina mashhur asarni antikommunistik utopiya deb ataydi. Chunki asarda hatto kolxoz raisi ham tilga olinmagan. Davlatning yagona vakili, Veraning so‘zlariga ko‘ra, faqat U edi.

Savol: Uning kim ekanligini ayting

Javob: Pochtalyon Pechkin.

Izoh: Prostokvashino Sovet qishlog‘iga o‘xshamaydi - kolxoz raisi ham, raykom kotibi ham yo‘q. Faqat Pochtalyon Pechkin bor. Biz savol oldidan uch marta taqillatish orqali sizni pochtalyonlarga yetaklamoqchi bo‘ldik.

Manba: https://magbook.net/read/91945  

24. “1001 kecha” asarida Shaxrizoda bu jumladan har kuni foydalangan. Shuningdek, Shotlandiyaning “The Glasgow Looking Glass” komiks jurnali bu jumlani 1825-yildan boshlab har bir sonda ishlata boshlagan.

Savol: Bu jumlani 2 so‘zda yozib bering

Javob: Davomi bor!

Izoh: Shaxrizoda o‘limdan qutilib qolish uchun har bir ertagidan keyin davomi bor deb tugatgan. Jurnalda esa qiziqishni oshirish uchun har bir son oxirini davomi bor deb tugatish qo‘llanila boshlagan.

Report Page