Talabalar amaliyotni o'tkazmoqdalar

Talabalar amaliyotni o'tkazmoqdalar

Enter Engineering Pte.Ltd

Iyulning ushbu ikki haftasi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ular Enter Engineering HR-departamenti tomonidan Boysun gazni qayta ishlash zavodi loyihasi asosida tashkil etilgan o‘quv amaliyotida qatnashish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Joriy yilda amaliyot o‘tash uchun «Neft va gaz ishi», «Neft va gaz quvurlari hamda neft va gaz omborlarini qurish va ta’mirlash», «Neft, gaz va qayta ishlash mahsulotlarini tashish hamda saqlash obyektlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish» yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 43 nafar 2-, 3-bosqich talabalari tanlab olindi. Ishtirokchilar orasida, shuningdek, o‘qishni tugatgandan so‘ng darhol Enter Engineering kompaniyasiga ishlash uchun keladigan 8 nafar maqsadli talabalar ham bor.

«Har yilgi oʻquv amaliyoti Enter Engineering va oliy o‘quv yurti oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha kelishuv doirasida amalga oshiriladi. Aytmoqchimanki, amaliyotchilarni ikki haftalik keng ko‘lamli dastur kutmoqda. Ular uchun har kuni eng yaxshi mahalliy xodimlar, shuningdek, Toshkentdan maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Talabalar BGQIZ qanday qurilayotgani, bu yerda qanday uskunalar o‘rnatilishi va qanday texnologiyalar joriy etilishi haqida bilib oladilar. Shuningdek, yigitlar kompaniyaning turli departamentlari faoliyati va loyihani amalga oshirishdagi ularning o‘rni bilan yaqindan tanishadilar. Qolaversa, ikki ishchi kasbi — payvandchi va stropalshiklikni ham o‘zlashtirishadi», — deydi HR-departamentining mehnat resurslarini tanlash va tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Baisov.

Loyihada o‘tkazilgan bir necha kun ichida yoshlar uchastkada xavfsizlik choralari va xulq-atvor qoidalari bo‘yicha barcha kerakli ko‘rsatmalarni olishdi, BGQIZ qurilishining borishi bilan tanishishdi, qurilish maydonini aylanib chiqishdi, HSE, SNQvaT, ZvaOBD departamentlari, Mexanizatsiyalash va qurilish direksiyalari mutaxassislarining ma’ruzalari va taqdimotlarini tinglashdi. EE HR-departamenti faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan alohida blok rejalashtirilgan, bu haqda keyingi maqolada batafsilroq so‘zlab beramiz. Yigitlar kadrlarni tayyorlash, rivojlantirish va moslashtirish qanday amalga oshirilayotgani, qanday boshqaruv, buxgalteriya hisobi va monitoring texnologiyalari joriy qilinganligi, shuningdek, xodimlarni boshqarish asoslarini ko‘rib chiqadi.

«Men bu yerga ikkinchi marta kelishim va majmua qurilishi bo‘yicha ishlar qanchalik oldinga ildamlaganini ko‘rib hayron bo‘ldim — u endi bo‘lg‘usi sanoat gigantining aniq konturlariga ega. Maqsadli talaba sifatida men ushbu tashrifni kompaniyaning kelajakdagi ishlariga moslashish, bunday ulkan majmualarni qurish nima ekanligini va bu yerda ishlayotgan har bir xodimning roli qanchalik katta ekanligini «ichkaridan» o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat deb bilaman. Ajoyib sharoitlar yaratib, zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini yaratib bergani uchun tashkilotchilardan minnatdorman», — deydi «Neft va gaz quvurlari hamda neft va gaz omborlarini qurish va ta’mirlash» yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Samir Zakiyev.

Barcha talabalarga amaliyotni hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlash va Enter Engineering xodimlariga aylanishlarini tilab qolamiz!


Report Page