Talabalar HR xodimlari ishini o'rganishdi

Talabalar HR xodimlari ishini o'rganishdi

Enter Engineering Pte.Ltd

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalarining Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi loyihasida o‘tkazilgan o‘quv amaliyoti mazmunli nazariy ma’ruzalar va foydali amaliy mashg‘ulotlarga boy bo‘ldi.

Tadbirlar sarasida Enter Engineering HR-departamenti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar alohida o‘rin egalladi. Bu ham tasodif emas — HR-departamenti kadrlarni tanlash va o‘qitish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Baisovning so‘zlariga ko‘ra, talabalar ushbu bo‘linmaning ishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari ularda butun kompaniya, uning kadrlar bilan ishlash va yosh mutaxassislar uchun martaba istiqbollarini ochish sohasidagi puxta o‘ylangan siyosati haqida yaxlit tasavvurni shakllantirishga yordam beradi. Shu munosabat bilan bir kuni HRD kadrlar ma’muriyati bo‘limi boshlig‘i Farrux Narziyev va UNG-2 direksiyasining HR menejeri Viktoriya Falina talabalar bilan suhbatlashishdi.

«Men talabalarga Enter Engineering va tashkilotning asosiy resursi — uning xodimlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma sifatida HR-departamentining uning faoliyatidagi muhim roli haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etdim. Talabalar tashkiliy tuzilmani o‘rganishdi, «birinchi ish kuni marshruti», yutuqlar, jumladan, kadrlar va biznes jarayonlarni raqamlashtirish, xodimlar hisobini avtomatlashtirish va bozor muammolarini yangi imkoniyatlarga aylantirish nima ekanligini bilib oldilar. Shuningdek, ish boshlagan kundan boshlab jarayonga qo‘shila oladigan yosh kadrlarni tarbiyalashda turli kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv markazlari bilan o‘zaro hamkorlik va ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni chuqurlashtirish haqida gapirib berdim», — dedi Farrux Narziyev.

Ishtirokchilar kompaniyalar guruhining PR-departamenti tomonidan ishlab chiqilgan Enter Engineering haqidagi filmni katta qiziqish bilan tomosha qildilar, ular kompaniya faoliyati ko‘lami va erishgan yutuqlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.

«Film namoyishi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular ko‘rgan narsalaridan hayratda qoldi va bu ularni ilhomlantirdi. O‘z nutqimda men talabalarga kompaniyaning missiyasi, strategiyasi va qadriyatlarini, shuningdek, kadrlarni tanlash va tayyorlashning asosiy tamoyillarini yetkazishga harakat qildim», — dedi Viktoriya Falina.

Tadbir so‘ngida mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan barcha savollarga javob berildi va talabalarga o‘quv amaliyotini tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.Tadbir so‘ngida mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan barcha savollarga javob berildi va talabalarga o‘quv amaliyotini tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.


Report Page