Talaba bilan suhbat yoki turli mavzularda необычный fikrlar...

Talaba bilan suhbat yoki turli mavzularda необычный fikrlar...

Leaders.uz



Assalamu alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh!


Ushbu postni maqsadi asosan 1-kursga kirganlarga qaratiladi.


Aka-opa, agar siz Institutga kirdim, bu yog'iga asosiy rejam o'yin-kulgu desangiz, bu va shu kabi postlarga vaqt ajratmang, baribir foydasi yo'q.


Niyatim unday emas desangiz ham, o'yin-kulgi davrini boshdan o'tkazasiz biroz bo'lsa ham, chunki Institut shunga moslashgan, buni hozircha tabiiy jarayon deb qabul qilsa bo'ladi.


Postni boshidan oxirigacha uni o'qi, buni o'qi, uni qil-u, buni qilma...

Degan osmondagi gaplarni gapirish niyatim yo'q.


Alohida xulosa qilib, esdan chiqarmaslik kerak bo'lgan fikrlarni 💡 shu belgi bilan ajratib ketaman.

Nega aynan bu desangiz, vaqt o'tib o'sha fikr bo'yicha miyangizda lampochka yonadi, qancha vaqt o'tib bo'lsa ham.


Bismillahir Rohmanir Rohiym deb boshladik unda.


Nafaqat birinchi kursga kirganlar, yuqori kurslarda ham savol bor?!


Vaqtni taqsimlash...

Buni yana Time menejmant ham deyishyotgan hozir

Aka-opa Imkon qadar asrlar avvalidan belgilangan vaqt taqsimotiga rioya qilishga harakat qiling.


💡9 ta vaqtga qarab ishlaringizni bemalol belgilang (uyqu ham shuni ichida).


🕰Bomdoddan avval

🕰Bomdoddan keyin

🕰Peshindan avval

🕰Peshindan keyin

🕰Asrdan avval

🕰Asrdan keyin

🕰Shomdan avval

🕰Shomdan keyin

🕰Xuftondan avval

Xuftondan keyin esa ertangi kun uchun miyani tayyorlash uchun dam oling. Keyingi sikl yana davom etaveradi...

Bu optimal rejim, qaysi mavsum ekaniga qarab, o'rtacha 5-6 soat tungi uyquni ta'minlasangiz bo'ladi.

🏷Men kam uxlay olaman, yoki "bir nima" stillarni bilaman, "eeeey qo'ying, o'sha stilll-uuuu, boshqa hom-xayollarni" aytdik-ku asrlar davomida shakllangan taqvimga rioya qiling, uyqu nega kerak ekanini, agar nasib qilsa hali bilib olasiz. Yuqoridagi holat eng optimal rejim. Yana eslatma, agar ilm sabab :) biroz kechroq yotishga to'g'ri kelib qolsa siqilishni hojati yo'q, hech kim bekam-u ko'st emas.


Yuqoridagi holat ochiq Namozga da'vat, ko'pchilik aka-opalarimiz o'qishga kirgach Namozni boshlashadi, shular uchun hozir fikr yozamiz, lekin talaba bo'lgach tashlab qo'yganlar ham bor, shundaylar bo'lsa qaytishlarini eslatib o'tamiz.

Eslatib o'tamiz xolos, axir majburlash yo'q narsa.


💡Qarama-qarshi fikr doim bo'lsin.


Ayniqsa ko'pchilik boshida Namozga kirishganda, e'tiqodi juda kuchli bo'ladi, keyin esa susaygandek holat yuzaga keladi. Bir tarafdan bo'ladigan holat, o'qishga kirguncha ming ishtiyoqdasiz-da, kirgach qay ahvol bo'lasiz. Yoki siz bilmagan, ichida bo'lmagan har qanday hodisaga ming ishtiyoqda bo'lasiz. Keyin ...

Xullasi illat -> odatga aylanishidan qo'rqing.

Jaholat bu bir illat, boshida uni amalga oshirishdan qo'rqasiz, u doimiyga, ya'ni odatga aylansa undan qo'rqmay qo'yasiz. Shunday ekan shu yo'lga kirsangiz (avval ham bo'lgansiz, chuqurroq kirsangiz degan ma'no) qarama-qarshi fikr doim bo'lsin. Har qanday dinniy narsa ekan deb jon vujud bilan kirib ketib qolmang, dinni niqob qilib olganlarga tushib qolmang, bu niqob qilganlar deganda, faqat katta-katta guruhlar emas, atrofimizdagi hodisalar ham ortib ketyapti bu bo'yicha, aynan misol keltirishni joiz bilmadik.

Shu o'rinda diniy tasdiqlangan kanaldan va u tavsiya qiluvchi kanaldan foydalaning t.me/islomuz tavsiya qilgan kanalning tavsiya qilgan kanaliga o'tishda o'ylab ko'ring.

Endi ikki fikrdan hozirni o'zida xulosa olsak,

🏷Ko'pchilik o'ylashi mumkin: "Bu fikrni yozgan talaba amal qilsa kerak", shu yerda qarama-qarshi fikr ham esdan chiqmasin.

Men doim ham to'liq amal qila olmayman, buni ayta olaman, lekin amal qilish uchun harakatdaman, shuning uchun ulashyapman.


💡Quruq osmondagi gaplarni gapirishimni foydasi yo'q.


Nega bunga lampochka qo'yildi, izohini o'qing, Institutda sizga "to'g'ri yo'l ko'rsataman" degan "Aqlli" aka-opalaringiz juda ko'p, menam shularni ichiga kiryapmanmi hozir :(

Go'yoki bir ishni do'ndirgandek yozadi hamma, siz esa "ooooo" deyishdan bo'shamaysiz. Esdan chiqarmang, yuqoridagi aytilgan "niqob" dan foydanalanadiganlar ko'payib ketyapti...

Siz esa faqat Yaratganga ishoning, "Qullarning (bandalar)" fikrlarini singdirib olmang, ulardan xulosa olsangiz boshqa masala, lekin ko'pchilik ichiga singib ketadi.

Siz bilgan Bill Geyts, Elon Mask, Jek Ma, Robert Kiyosaki...

Bu ro'yxatni O'zbeklar bilan (hozirgi kundagi) boyitsa bo'ladi, lekin men ulardan xulosa olish uchun qandaydir kitob yoki aytgan fikr-mulohazalarini eshitib, o'qib ko'rmaganman, shunga dunyo miqyosida aytdim.


Ko'pchilik yuqoridagi ro'yxatdagilarni aytganini aytadi, kiyganini kiyadi, ichganini ichadi, ... ... , :( ...

Yana qarama-qarshi fikr, eshitmang ko'rmang emas, xulosa oling bo'ldi, xulosa tafakkur bilan olinadi, Printerdagi kopiya bilan emas.


Ular ham (siz bilgan muvaffaqqiyatli inson) oddiy inson xolos, ko'proq mehnat qiladi, ko'proq harakat qiladi xolos. Tog'utga aylantirib qo'ymang kimnidir.

t.me/savollar_kanal/16459 Tog'ut haqida o'qimoqchi bo'lsangiz. Biz bu qismda Tog'ut deya, o'zimiz bilib bilmay Yaratganga tenglashtirib qo'yadigan narsalarni nazarda tutdik, zero barchasi Yaratgan amri bilan ekanini unutmang.


💡Hech kim sizdan kuchli emas, shunchaki avvalroq boshlagan va ko'proq o'qigan va uqgan, siz ham hech kimdan kuchli emassiz, shunchaki avvalroq boshlagan, ko'proq o'qigan va uqgansiz xolos.


Endi shu avvalroq boshlab qo'ysangiz, bunda ham me'yorni esdan chiqarmang.


💡💡Riyokorlikdan qoching.


E'tiborli bo'lasiz ikki lampochka. Qanday riyokorlik desangiz: "Nom uchun" harakat qilmang, aka-opa iltimos qilamiz, ehtiyot bo'ling bundan.

Riyokorlik haqida yuqorida keltirilgan kanaldan topa olasiz, qiziqsangiz.

Izohlasak

•Baho uchun o'qish

•"Aqlli talaba" nomini olish uchun harakat

•F.I.Sh ingizni kimlardir tanishi uchun ilm olyapman deyish,

mana shu "Nom uchun" harakat qilish bo'lib qoladi. Ustozlar yaxshi harakat qilsangiz, qandaydir Olimpiada-yu, tadbirlarni aytsa ularga yaxshi ko'rinaman deb uchib ketavermang (a tak tabiatingiz shunday bo'lsa пожалуйста). Yoki nomingiz ulug'lanishini o'ylab mehnat qilmang.


Nega bu amalga oshmaydimi? - Desangiz.


Amalga oshadi, nomingiz siz hohlagan davrada obro' e'tibor olib keladi, buni ham albatta Yaratgan beradi, albatta sinov sifatida beradi. Bu dunyo obro' si deb, o'sha mehnatingiz ajridan quriq qolmang yana degan fikr bilan aytyapmiz, Riyokorlikdan qoching deb. "Institut uchun-ku" degan yoki boshqa shu kabi fikrlar bo'lsa.


💡Institut 6 yil ichida sizga bir diplom bilan biroz malaka bera oladi xolos.


Hammasi o'z mehatingiz evaziga bo'ladi va esdan chiqarmang "Hech kim sizdan kuchli emas..."


💡Maddohlik qilmang


Maddoh - birovni maqtash, kerak bo'lsa yuqorida ismi aytilganlarni ko'kka ko'tarib o'zi bilmagan holda Tog'utga aylantirib qo'ymang.

t.me/islomuz/18111 Maddoh kim ekani va uning ziyoni haqida.


💡Haqiqatdan qaytmang.


Qayerda bo'lsangiz ham, avval kuzatishni biling, agar me'yoridan oshilsa, uni noto'g'ri ekanini aytishdan qaytmang, eslatamiz avval kuzating va me'yoridan oshilsa - dedik.

Buni tanqid deyilmaydi, Haq yo'li deyiladi. Bu yo'lda o'sha yuqoridagi aytilgan Maddohlik ko'rayotgan (oddiyriq aytsak obro' lilar) insonlar bo'lsa ham, ular ham oddiy banda ekanini esdan chiqarmang, qo'rqmang.


Shu yergacha tavsiyalar bop ketdi aaaa.


Yana nimalar uchrar ekan yo'lingizda.


💡O'yin-kulguda ham me'yor


Bir yo'nalishga kiriiiiiiiib ketmang, o'qishga ham ulguring, dam olishga ham, o'yin-kulgu deganda dam olish nazarda tutildi, u qandaydir tog'ga chiqish bo'lishi shart emas, futbol yoki qandaydir sayr ham bo'ladi, kino ko'rish, qo'shiq tinglash, ...

Xullasi bir yo'nalishga chuqur kirib, hayot, oila a'zolaringiz esdan chiqmasin.


💡Sevgi kitobi


Aka bu kitobni yozishga hali ertaroq, Normalniy o'qib, qizni ham eplash qiyinroq, keng izoh shart bo'lmasa kerak, Uzr, Opa o'qish bilan sevgini olib ketib bo'lmaydi, ming sabab keltirsangiz ham, ko'pchilik aytadi, biz diniy doiradan chiqmaymiz, qandaydir bir-birimizni Namoz uchun uyg'otamiz, ...

🚫Oqlamang, inson o'zini oqlashni shu qadar yoqtiradi a?

Ikki tomon ham, agar chindan o'qisa bir-biriga (boshqalarga ham) vaqti bo'lmaydi.

Keyin Ikki tomon ham imkon qadar, ideallikni hohlaydi:

•Sport,

•Diniy savodhonlik,

•Ilmiy savodhonlik,

•Kasbiy savodhonlik,

•Qo'shimcha yigit uchun kerak hunar-u,

•Qiz uchun kerak hunar.

Ana shu o'zingizdagi ideallik hislatlariga vaqt ajrating undan ko'ra.


🏷Ukam sen bir kitobni aytding, men:

•"1-dan 5-qiz/o'g'il gacha qanday gaplashish sirlari",

•"unutish naqadar oson" ,

•"Qizlar/yigitlar Psixologiyasi" ...

Kitoblarini yozib bo'lganman OTM gacha, desangiz - "Yeb qo'yibsiz uje", endi bu yog'iga ozgina fikrlang, no o'zizni yo'lizzi ma'qullasangiz o'sha gap пожалуйста...

"Xilvatda iblis kabi bo'lsangiz, xaloyiq ichra avliyo ko'rinmang". Qilayotgan barcha ishlarimiz sarhisobini ora-orada o'ylab ham turing.


💡Perevot masalasini esdan chiqaring.


Shunday niyatlilarda, 1-semestrdayoq shu fikr bo'ladi, bir so'z bilan aytaman, o'ylamay qo'yavering, Xudo xoxlasa hammasi yaxshi bo'ladi, faqat yozgacha o'ylamasdan tursangiz bo'lgani, agar bilganingizni qilsangiz, пожалуйста...


💡Xo'o'o'o'o'sh shuncha davon oshib, o'qish niyatidaman degan qaror bo'lsa...


💡Niyatni to'g'ri qiling va o'zgarmasin.
💡Harakatni davomli qiling.
💡Mehnatni chin dildan qiling, kerak bo'lsa qul kabi o'qib, shox kabi orom oling.


Yana eslataman "Hech kim sizdan kuchli emas..."


Abituriyentlikda "o'qishdan bezib" qolgan aka-opa, bu yog'iga ixtiyoriy...


O'qimasangiz bo'lmaydi, hech yo'q uydagilarni davolash yoki ularni oldida пазор bo'lishni hohlamasangiz ham o'qiysiz.


Hech qaysi fan murakkab emas, sizda yetarlicha ishtiyoq bo'lsa bo'ldi (ingliz tili ham oddiy bir fan xolos, Til-muomala vositasi), o'rganish kerak to'g'ri, lekin yuqorida ta'kidlanganidek Tog'ut darajasigacha chiqarib qo'yish bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas, Yaratgandan ilmni berishini so'rasangiz, o'rganib ketasiz, qolaversa o'qishingiz uchun nafaqat ingliz tili, tibbiy fanlar uchun ham ommaviy ko'pchilik tomonidan tashkilangan kanallarni havola qilamiz, aytib qo'yamiz, biz tavsiya qilgan kanallarni tavsiya qilishimiz bor narsa, lekin u kanalda tavsiya qilingan kanallarni degan narsa emas bu.

Tavsiya qilingan kanallar:

YouTube | Telegram

Tarqmoqlaridagi rus/o'zbek/ingliz tilidagi kanallar.

t.me/Leaders_official/15 👈📎ssilka ustiga bosasiz.


💡Maqsad yo'lidagi to'siqlarni to'gri qabul qiling.


Qiyinchilik ham, Muvaffaqqiyat ham bu sinov, shuni to'g'ri qabul qiling.

Muvaffaqqiyatga erishayotganlar, uning qiyinchiliklarini ham ko'rayotgan.

Qiyinchilik ko'rayotganlar In Shaa Allah Muvaffaqqiyatini ham ko'radi.

Qiyinchilik moddiyat sabab bo'lishi mumkin, masalan Kontrakt, Kvartira, yana boshqalar...

Yoki ma'naviyat sabab, masalan nohaqliklar...

Hammasi o'tadi In Shaa Allah, ishonchni yo'qotmang aka-opa.


💡Xato qilishdan Qo'rqmang


Bizni rivojlanishdan mana shu xato qilishdan qo'rqish ortga tortadi, maktabda ham xato uchun jazo, o'rta ta'limda ham, Repetitorda ham, Oliy ta'limda ham...

Lekin Oliy ta'limdan keyingi xato qimmatga tushadi, shuning uchun xato qilishdan qo'rqmang, buning uchun self study eng yaxshi yo'llardan biri.

Bu xatolardan xulosa ola olish, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshiradi.


💡Self study | Mustaqil ta'lim


Self study o'qishni shakllantiring, garchi biroz qiyin bo'lsa ham, manzilga yetish uzoq vaqt talab qilsa ham, shu navbatda yuqorida keltirilgan tavsiya kanal/guruhlardan ham qolib ketmang.

Repetitor, masalan ingliz tilidan, boring, bormang emas, menga nima, pulni sizlar (yo'g'e Ota-Onangiz) to'laysizlar-ku. O'zim ishlayman deganlar bo'lsa ular o'zi o'qiy ham oladi. Repetitorga borish qiyin emas, undan avval Harakat qilib ko'ring inson, muvaffaqqiyati degan so'z mohiyatiga tezroq yetasiz.

Self studydan maqsad moddiyatdan yutish emas, esdan chiqarmang!


💡Oliy Ta'limdagi ustozlarni Hurmat qiling.


Bu fikrga yuqori kurs "Aqlli" bo'lgan (o'zicha) aka-opalaringiz e'tiroz bildirishi mumkin. Lekin siz ularni tutgan yo'lini tutmang, birini qarasang "ustozlarni" u deydi, birini qarasang "o'zbek kitoblari..."

Xullasi, hammasini gapi BEFOYDA, ikki-uchtasini gapini deb (garchi siz aqlli deb bilgan aka-opalaringiz bo'lsa ham) odob degan tushunchani unutmang, o'zbek kitoblari "Nimadir" desa, E'tibor bermang, ertaga yana boshqa "Nimadir" deydi (o'zicha).


O'sha aka-opalar o'qiyotgan bo'lsa tanqidni me'yorini bilish kerak, taxminimizcha biz yoki boshqa talabalar sizdan kam o'qimayapti, rus/ingliz/nemis/koreys/portugal va boshqa tillardagi kitoblarni o'qib ham jimmmm yuribdi, 💡UNUTMANG bari qaytadi, albatta qaytadi, ehtiyot bo'ling.


Yangi talabalarimiz esa ana shu "Aqlli" aka-opalar orasiga qo'shilishdan ehtiyot bo'ling.


📜Xullasi o'qimoqchi bo'lsangiz sizga endi ortiqcha tavsiya kerak emas, shuncha qarashlarni keltirdik, bular asli tavsiya emas, hohlaganingizni qiling, пожалуйста , bular shunchaki avvaldan bo'lib kelayotgan, hozir ham bo'layotgan, ko'p ehtimol bilan davom etadigan hodisalar, shu hodisalarga guvoh bo'lganingizda 💡Lampochkangiz yonib to'g'ri xulosa qila olsangiz bo'lgani.

Oxirigacha kelgan bo'lsangiz rahmat, hayotta ham har doim oxirigacha borishga odatlaning.


🏷Noto'g'ri yo'lda bo'lsa ham oxirigacha borsinmi deydigan aka-opalar chiqishi aniq-da, shularga fikr:👉 niyat to'g'ri bo'lsa, yo'l noto'g'ri bo'lmaydi Xudo xoxlasa.👈



Ajratgan vaqtingizga rozi bo'lib qo'yasiz!


O'zbek Tibbiyot Talabalaridan tashkil topgan "Leaders" jamoasi.


Ulanish uchun Link🖇: Leaders official


03.09.2021y. | 16:01

Report Page