Talaba Yugur bu nima?
@TalabaYugurBu O‘zbekistonning barcha hududlari talabalari uchun keng ko‘lamli yugurish loyihasidir! U sizga sportni hayotingizning bir qismiga aylantirishga - faol va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi!
Talaba Yugur - bu keng ko‘lamli Yangi Nafas umummilliy harakatining o‘ziga xos loyihasidir 🙌🏃🏻♂️➡️🏃🏻♀️➡️ Shubhasiz, o‘z shahringizda Yangi Nafas harakati haqida eshitgansiz. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari 3 yildan ortiq vaqt davomida o‘tkazildi. Bu vaqt ichida biz yugurish musobaqasida o‘zini sinab ko‘rgan 1 millionga yaqin odamni jamlashga muvaffaq bo‘ldik 🤓.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi nafaqat professional sportchilarni tayyorlamoqda, balki shunday yirik ijtimoiy loyihalar orqali millat salomatligini ham mustahkamlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bizni qo‘llab-quvvatladi va biz shu yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yugurish musobaqalarini yo‘lga qo‘ydik!
Eng yaxshi yuguruvchilar stipendiyalariga qo‘shimcha to‘lov oladilar. G‘oliblar har bir ta'lim kursi bo‘yicha ham alohida aniqlanadi.
Yugur.uz platformasida kelgusi ommaviy yugurish musobaqalarining sanalari va o‘tkazilish joylari haqida ma’lumot olishingiz mumkin!
Orzularingiz sari yuguring! Har doim!
Instagram: @yanginafas2024|
Facebook:@yanginafas