Taksi moderatorlari rahbarlari bilan uchrashuv

Taksi moderatorlari rahbarlari bilan uchrashuv

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi 

2024-yil 6-mart kuni Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi tomonidan boshqarma binosida viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi Taksi moderatorlari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi rahbari tomonidan tadbir ishtirokchilariga taksi haydovchilari o‘rtasida turli xil ko‘ngilsiz holatlar kelib chiqishini oldini olish, ko‘rsatilayotgan yo‘nalishsiz taksi xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu uchrashuvda “Royal taksi” MChJ, “Dilhush fayz” MChJ, “Taksi plyus hamkor” MChJ, “Taksi- 1313” MChJ, “Uztaksi” MChJ, “Taksi Abdulaziz hamkor trans” MChJ rahbarlari qatnashdilar.  

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati.

Report Page