Takroriy ekin daromad manbai...

Takroriy ekin daromad manbai...


(Loviya maydoni)

Respublikamizning sugʻoriladigan maydonlarida ekilayotgan qishloq xoʻjalik ekinlarini asosini gʻoʻza va kuzgi boshoqli don ekinlari tashkil qiladi. Bir million gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarimizda har yili kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladi. Demak kuzgi bugʻdoy yegʻishtirib olingandan soʻng shuncha miqdordagi maydonda takroriy ekinlar yetishtirish imkoniyati boʻladi. Shuni hisobga olib kuzgi bugʻdoy boʻshagan maydonlarda asosiy eʼtiborni aholining kundalik oziq-ovqat talablarini qondiradigan dukkakli don, sabzavot hamda yem-hashak ekinlarini takroriy ekin sifatida yetishtirish kelgusida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashga, aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini toʻla qondirishga zamin yaratadi. Fermer xoʻjaliklarida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun gʻoʻza-gʻalla qisqa navbatli almashlab ekish tizimlariga tuproqda koʻp miqdorda organik qoldiqlar qoldiradigan hamda uning unumdorligini tiklaydigan takroriy ekinlarni ekish maqsadga muvofiqdir.

Bugunda Jomboy tumanidagi Yoʻldosh Ikromov fermer xoʻjaligidagi 16 gektardagi kuzgi gʻalladan boʻshagan yer maydoniga, shuncha miqdorda loviya ekib parvarishlanmoqda. Albatta, ekindan yuqori hosil olishda uning zararlovchilaridan va kasalliklaridan himoyalash dolzarb masala. Shu boisdan ham, bugun viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining maʼsullari ishtirokida ushbu fermer xoʻjalik dalasida amaliy koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Unda boshqarmaning tuman boʻlimlari inspektorlari, oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand mintaqaviy filiali xodimlari va fermer xoʻjalik rahbarlari ishtirok etishdi. 

Seminarda dukkakli ekinlarning kasalliklari va zararkunandalari, ularga qarshi kurashish kurashish tadbirlarini toʻgʻri va samarali tashkil etish, hamda dukkakli ekinlarni zararlovchilar hasharotlar biografiyasi boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar va tavsiyalar berildi. Asosan ekindan biologik fitosanitar toza mahsulot olishda biomahsulotlarni belgilangan muddatda sxema asosida qoʻllashning samarasi, qoʻllanilayotgan har bir biomahsulotning oʻz vazifasi borligi boʻyicha ham yigʻilganlar tushunchalarga ega boʻlishdi.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Report Page