Taklif: joriy yilda abituriyentlardan to‘lov olmaslik kerak

Taklif: joriy yilda abituriyentlardan to‘lov olmaslik kerak

Abituriyent | Axborot portali

Huqushunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ayni vaziyatdan kelib chiqib juda o‘rinli taklifni o‘rtaga tashladi.

Pandemiya sharoitida juda ko‘p sohalarda moliyaviy yengilliklar berilmoqda. Sababi oddiy - xalqning daromadlari keskin kamaydi, ayrimlarniki butunlay yo‘qoldi, desak ham bo‘ladi. Bunaqa vaziyatda davlat turli moliyaviy ko‘mak dasturlarini amalga oshirmoqda.

Xabaringiz bor, o‘tgan yilidan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim "minimalka" miqdorida (101 ming so‘m) to‘lov undirish yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ tushgani xabar qilingan edi. 

Joriy yilda bu to‘lov 111,5 ming so‘m bo‘ladi. Taxminan 700 ming atrofida "eski abituriyentlar" hujjat topshirishi kutilmoqda.

Biroq aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, joriy yilda test sinovlari uchun hech qaysi abituriyentlardan to‘lov olmaslikni taklif qilaman.

Xuddi 2019-yilgacha bo‘lgani kabi, testlarda qatnashish bepul bo‘lishi kerak va kirish sinovlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanishi lozim. Yo‘qsa, hozirgi murakkab sharoitda mana shu 111 ming so‘mni ham topa olmasdan, ko‘pchilik yoshlar o‘qishga hujjat topshirish fikridan qaytishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi ushbu taklifni tegishli tartibda ko‘rib chiqib, imkon qadar abituriyentlar uchun foydali qaror qabul qilishadi, degan umiddaman", deb yozadi Xushnudbek Xudayberdiyev

Sizning fikringiz qanday? Izohlarda oʻz fikringizni yozib qoldiring 👇

https://comments.bot/thread/LAfB6X7ZA


Batafsil maʼlumot👇https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page