Tags, tags, tags...
Future Dreams
π Hops v2.1
Hopsning yangi versiyasidagi eng jiddiy yangilik bu Taglarning ishga tushishi. Taglar guruhda savol so'rash va javob berish tartibini yaxshilaydi, degan umiddamiz.
Tag nima?
Shunchaki heshteg. Savollarni kategoriyalashtirish, guruhlashtirish uchun tag(heshteg)lardan foydalanishni boshlaymiz. Xuddi twitter (yoki boshqa joylar) dagi kabi oddiy heshteglarni ishlatamiz.
Masalan, bermoqchi bo'lgan savolimiz djangodagi bir model haqida. Unda biz #django #orm #model kabi taglarni ishlatishimiz mumkin. Taglar savol mavzusini aniqlashda juda muhim.
Qanday foydalanamiz?
Deylik, bizda mana bunaqa savol matni bor:
Pythonda OOP ni o'rganish bo'yicha yaxshi manbalarni ko'rsata olasizlarmi? Men, mana bu, mana bu va mana bu manbalarni topdim, bular qanchalik sifatli?
Bu savolning mazmuniga e'tibor beramiz - o'rganish va OOP haqidagi savol.
Unga #resurs #manba #oop kabi (va boshqa) taglarni berishimiz mumkin.
Tagni aniqlab oldik, endi uni ishlatish uchun shunchaki savol tarkibida quyidagicha yozib ketish kifoya:
#savol #resurs #manba #oop Pythonda OOP ni o'rganish bo'yicha yaxshi manbalarni ko'rsata olasizlarmi? Men, manabu, mana bu va mana bu manbalarni topdim, bular qanchalik sifatli?
E'tibor bering: #savol heshtegini ishlatish shart.
Qoidalar
1) Barcha taglarni #savol heshtegi bilan bitta qatorda yozish zarur, boshqa qatorlardagi taglar hisobga olinmaydi.
Masalan, mana bu savoldagi #animal tagi hisobga olinmaydi
Salom hammaga
#savol #dekorator
Parametrli dekoratorni 2 ta funksiya bilan yozish mumkinmi? 3 ta funksiya bilan yozishni bilaman, u mana bunaqa... (qisqa izoh)
Dekoratorga matn berganda uni ichki funksiyadan oldin va keyin chop etishi kerak, masalan #animal degan matnni chop etsin. Men mana bunaqa usul qo'lladim: ... (usul haqida qisqa izoh), lekin bunda 3 ta funksiya ishlatildi.
Mana bu savolda #animal tagining hisobga olinmasligiga sabab - u #savol tagi bilan bir qatorda emas.
2) Barcha taglar #savol tagidan keyin kelishi kerak, undan oldin kelganlari hisobga olinmaydi.
Masalan, #tag1 #savol #tag2, bunday qilganingizda #tag1 hisobga olinmaydi.
3) Taglarni aynan savolning boshida yozish shart emas, matnda xohlagan joyda yozish mumkin, asosiysi barchasini 1 ta qatorda yozish kerak.
Tip: Taglarni yo savolning boshroq yoki oxirirog'ida yozgan ma'qul.
Savollarning yozilishiga namunalar:

Javob berish
Deylik, kimdur shunaqa tag bilan savol berdi. Sizda o'sha savolga javob berib tarixda qolish imkoniyati bor! Shunchaki o'sha savolga reply(javob) qilgan holda, matn tarkibida #javob heshtegini qo'shib javobingizni yozing. Tayyor!

E'tibor bergan bo'lsangiz, savol va javoblar aynan matn shaklida bo'lishi shart emas. Rasmga izoh (caption) yozish orqali ham savol/javob berish mumkin. Bunda izoh (caption) yozishda yuqoridagi qoidalarga amal qilinsa yetarli.
Yangi tag qo'shish
Siz savol tarkibida tag ishlatganingizda, agar u tag Hops bazasida mavjud bo'lmasa, yangisi tayyorlanadi va siz o'sha tagning muallifiga aylanasiz.
Javobni "to'g'ri" deb belgilash
Agar siz bergan savolga to'g'ri javob berildi, deb hisoblasangiz, o'sha javobga reply (javob) qilib "β " xabarini jo'nating. Hops uni to'g'ri deb belgilab qo'yadi.
Taglarga a'zo bo'lish
Eng muhim joyiga keldik. Siz xohlagan taglaringizga a'zo bo'lishingiz mumkin (tekinga!). Guruhda siz a'zo bo'lgan tag bilan biror savol kelganida Hops bu haqida sizga xabar beradi, sizga kerakli savoldan bexabar qolib ketmaysiz!
Taglarga a'zo bo'lish uchun Hopsning o'ziga (guruhda emas) /tags buyrug'ini jo'nating.
Taglarni ko'rish
Hopsga (guruhda emas, aynan o'ziga alohida) /tags buyrug'ini berish orqali barcha mavjud taglarni ko'rishingiz mumkin (Hops alohida sahifaga link beradi).
Aytgancha, endi Hopsning rasmiy bosh sahifasi bor: hops.nurboyev.uz