Tafsir

Tafsir

AlMahir.uz

﴿ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفْتَرَىٰٓ إِثْمًا عَظِيمًا ﴾


“Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to'qibdir.” 

(Niso surasi, 48-oyat)


Shirk keltirish katta gunoh ekanligi boshqa oyatlarda ham qayta-qayta ta’kidlangan. Ammo bu oyatda shirk yagona kechirilmas gunoh ekanligi bildirilmoqda.


«Albatta, Alloh O'ziga shirk keltirilishini kechirmas».


Aslida, shirk - yaratuvchilikda, ibodat va tarbiya kunandalikda Allohdan boshgani Unga sherik deb bilishdir. Kim shirkka mansub aqiydani o‘ziga munosib ko'rsa yoki amalini qilsa, mushrik hisoblanadi. Shirkning har bir ko'rinishi katta zulmdir. Zulm bo‘lganda ham, Allohga, yaratgan Zotga, rizq bergan Zotga nisbatan zulmdir. Kimki shirk keltirsa, o'zi bilan Alloh o'rtasidagi aloqani uzgan bo'ladi. U endi Allohning mag'firatiga loyiq bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham Alloh taolo shirk keltirganlarning gunohini hech qachon kechirmaydi. Ammo iymon bilan o'tganlarning - shirk keltirmaganlarning

boshqa gunohlari bo'lsa, xohlagan odamini mag’firat qilaveradi.


«Unadan boshqa gunohni, kimni xohlasa kechiradi. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to’qibdir».


Imom In Abi Hotim Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam:


«Allohga shirk keltirmay vafot etgan har bir jon mag'firatga sazovordir. Alloh xohlasa,

uni azoblaydi, xohlasa kechiradi. Albatta, Alloh oziga shirk keltirilishini kechirmaydi.

Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradi», deganlar.


Manba: “Tafsiri Hilol” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


Report Page