Tafsir

Tafsir

AlMahir.uz

﴿ وَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ ﴾

“Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.”

 (Yunus surasi, 65-oyat)


Ya'ni kofirlarning gapidan hech xafa bo‘lma. Ular har doim o‘zlarini maqtashadi. Mo'minlarning shanlarini yerga urish uchun turli gaplar tarqatishadi. Ularning gaplari behuda. 


Aslida:

«Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir».


Azizlik (kuch-qudrat va g'oliblik) sifatiga sohib bo'lgan Zot do'stlarini himoya qilib oladi.


«U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir».

U zot kim nima deyayotganini eshitib va kim nima qilayotganini bilib turibdi.


Manba: “Tafsiri Hilol” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Report Page