Tafsir

Tafsir

AlMahir.uz

﴿ ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍۭ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ ﴾


O‘sha kunda taqvodorlardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandir.

(Zuxruf surasi, 67-oyat)


O‘sha kunda taqvodorlardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandir. Qiyomat kuni hamma o‘z oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda o‘zaro yaqin do‘st bo‘lsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan do‘stlarning do‘zaxga tushib jazo tortishlari aniq ma’lum bo‘lib qoladi. Ana shunda, yomon bilan do‘st bo‘lganiga afsuslanib, do‘stlar do‘stini yoqtirmay qo‘yadi. Do‘stlar dushmanga aylanadi. Bir-biriga malomat qilib, seni deb shunday bo‘ldi, deyishga o‘tadi. Faqat taqvodor do‘stlarning oqibati xayrlidir. Chunki ularning do‘stligi Alloh uchun, taqvo asosiga qurilgan edi. U do‘stlar doimo yaxshi amallarni qilgan buladilar. Shuning uchun qiyomat kuni birga jannatga tushadilar va do‘stliklari yana ham ortadi.

Hamda ularga quyidagicha nido qilinadi:


﴿ يَـٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ ﴾


Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yo`q va mahzun ham bo`lmassiz.

(Zuxruf surasi, 68-oyat)


Manba: "Tafsiri Hilol" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Report Page