​​Taekvondo sport turini ommalashtirish va texnikasini rivojlantirish yo‘lidagi o‘zaro hamkorlik 

​​Taekvondo sport turini ommalashtirish va texnikasini rivojlantirish yo‘lidagi o‘zaro hamkorlik 


Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga taekvondo sport turi bo‘yicha xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida Janubiy Koreya Gyeonggi-do taekvondo assotsatsiyasi prezidenti Kim Kyong Dok tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Taekvondo sport turida ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish, terma jamoalar bilan ishlash, shuningdek, ushbu sport turidagi dolzarb muammolar yechimiga yo‘naltirilgan mavzular asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Gyeonggi-do taekvondo assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Shundan so‘ng mehmonlar universitet hududi va faoliyati bilan yaqindan tanishib, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari bilan suhbatda bo‘ldi.





Report Page