O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi rasman Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta'sischiligida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati si…

 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi rasman Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta'sischiligida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati si…


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-noyabrdagi "Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-193-son Farmoni qabul qilindi.

     Mazkur Farmonga ko‘ra "Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi"- "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinishi belgilandi.

 Ma‘lumot uchun: "Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi
PQ-3225-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. 
Jamg‘arma tomonidan 2018-2023 yillar davomida kichik tadbirkorlik subyektlarining
47 mingdan ortiq loyihalariga 17 trln so‘m moliyaviy yordamlar taqdim etildi, buning natijasida 377 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutildi.

"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan 2024-yil mart oyidan boshlab kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga:

 kafillik;

 xizmatlar ipotekasi;

 kapitalga ulush kiritish;

 kreditlar uchun resurs ajratish;

 kompensatsiya-kabi moliyaviy yordamlar taqdim etiladi.


"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ axborot xizmati


 



Report Page