Tadbirkorlarga mahsulotlarini belgilangan joylarga joylashtirish va avtomobillarni aholi harakatlanadigan piyodalar yo‘laklariga qo‘yib ketilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yangiyo‘l shahar hokimi boshchiligida shahar IIB, YPX, shahar Davlat soliq inspeksiyasi, shahar FVB va boshqa tegishli tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda markaziy Samarqand ko‘chasi bo‘ylarida tadbirkorlar tomonidan qo‘yilgan noqonuniy savdolarni bartaraf etish hamda belgilanmagan joylarga avtomobillarni qo‘yib ketilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.



Tadbir davomida tadbirkorlarga mahsulotlarni belgilangan joylardagina joylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Noqonuniy qurulmalar bo‘yicha ham suhbatlashilib, tadbirkorlarga o‘z hududida obodonlashtirish ishlari olib borilishi kerakligi ta'kidlab o‘tildi.



Ayrim tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasini noqonuniy ravishda foydalanib kelishi holatlari ham aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanganligi aniqlangan tadbirkorlarga qonuniy tarzda chora ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.



Shuningdek, avtomobillarni aholi harakatlanadigan joylarga qo‘ygan haydovchilariga mutasaddilar tomonidan ogohlantirishlar berildi.

