Tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

@bmtu_press

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov topshirg'lariga asosan joriy yilning 31-yanvar kuni Buxoro hududiy Savdo-Sanoat palatasi rahbari "Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UK boshligʻi oʻrinbosari bilan Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Yigʻilishda temir yoʻl xizmatidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlardan yoʻl kira tarifi, shartnomaviy yigʻimlar toʻlovi, konvensiya taʼqiqlar masalalari hamda temir yoʻl xizmatlari uchun oldindan toʻlovlari boʻyicha savollar berildi va "Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UK rahbariyati tomonidan joyida yuqoridagi masalalar haqida toʻliq va tushunarli maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, Buxoro-2 temir yoʻl stansiyasida faoliyat yuritib kelayotgan korxona “Shaxboz karpet” MCHJ va “Fershox parranda” MCHJlar vakili Xadjayev Ashraf, Yakatut temir yoʻl stansiyasida faoliyat yuritib kelayotgan korxona “Jondor chinor don” MCHJ vakillari tomonidan koʻtarilgan masalalarga eshitilib mijozlar savollariga javob berildi.

Shuningdek, "Buxoro MTU" UK mijozlari uchun telegram guruh tashkil etilganligi va mijozlar ushbu telegram guruh orqali barcha temir yoʻl transportiga bogʻliq boʻlgan savollarga onlayn javob olishlari haqida ham maʼlumot berib oʻtildi.

Maʼlumot uchun: Buxoro MTU mijozlari uchun ochilgan telegram guruh https://t.me/+1CJH6e5-K5JhOTQy

Report Page