Tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir bo'lib o'tdi.


Uchrashuv davomida talaba-qizlarga “Lider qizlar” klubining faoliyati, uning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tegajonlik va shilqimlik holatlarining oldini olish, shaxsiy daxlsizlikni ta’minlash, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, universitetda o‘rnatilgan “Ishonch qutilari”ning maqsadi, ahamiyati hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Talaba-qizlarga turli muammoli vaziyatlarga duch kelganda tegishli mas’ullarga murojaat qilish imkoniyatlari haqida tavsiyalar berildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda universitetda xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirishdan iborat.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


🌐Telegram 🌐Instagram

Report Page