Tadbir

Tadbir

ISFT

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish, talabalarda zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishdan iborat bo‘ldi.

Hududiy bosqichda jami 13 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etib, tanlovning 4 ta sharti bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar mavzuga mos videorolik tayyorlash, sahnaviy ko‘rinish namoyish etish, insho yozish hamda rasm chizish yo‘nalishlarida o‘z bilim, mahorat va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.

ISFT instituti talabalari tanlovning barcha shartlarida faol qatnashib, giyohvandlikka qarshi kurash, yoshlarni sog‘lom hayot sari yo‘naltirish, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda sog‘lom fikrlash, sog‘lom hayot tarziga intilish hamda jamiyatda uchraydigan salbiy illatlarga qarshi ongli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Report Page