#Tabrik
Hurmatli içki işlar tizimi xodimlari!
Qadrli ofiserlar, serjant va safdorlar!
Muhtaram faxriylar!
Siz, azizlarni 25-oktabr – Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Uşbu qutluğ ayyomda, avvalo, Vatan oldidagi muqaddas qasamyodingizga doimo sodiq qolib, tumanimiz tinçligi va xalqimiz farovonligi yölida öz zimmangizdagi ğoyat muhim vazifalarni yuksak masʼuliyat bilan ado etib kelayotganingizni alohida taʼkidlaşni istayman.
Sönggi yillarda mamlakatimizda içki işlar organlarini çinakam xalqçil tuzilmaga aylantiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tumanimizda ham öz ifodasini topmoqda.
Ayniqsa, Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilgan “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş” ustuvor vazifa sifatida qabul qilinib, tumanimizdagi barça mahallalarda tizimli faoliyat yölga qöyildi.
Soha xodimlarining “mahalla yettiligi” bilan yaqin hamkorlikda olib borayotgan manzilli faoliyati tufayli tumanimizdagi köplab mahallalar çinakam tinç va osoyişta hududga aylandi.
Bugungi kunda tumandagi oilaviy muhitni soğlomlaştiriş, xuquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida yoşlar, xotin-qizlar va işsizlar örtasida sodir etiladigan huquqbuzarliklar keskin kamayişiga erişilmoqda.
Har bir muammoli xonadon va oila bilan manzilli işlaş amaliyoti özining ijobiy natijalarini bermoqda.
Hurmatli ichki ishlar xodimlari!
Zamon şiddat bilan özgarib borayotgan bir davrda, sohada ham zamonaviy talablarga mos ravişda işlaş, raqamli infratuzilmalarni joriy etiş, jamoat xavfsizligini taʼminlaşga sunʼiy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etiş işlari jadal davom etmoqda.
Xususan, tumanimizda ham jinoyatçilikning oldini oliş, oğir va murakkab hududlar bilan işlaşda yangiça boşqaruv va nazorat tizimi joriy etildi.
Tuman miqyosida huquq-tartibot maskanlari faoliyati kuçaytirilib, jamoat tartibini saqlaş hamda köçalar va gavjum joylarda xavfsiz muhitni taʼminlaş borasida zamonaviy kuzatuv kameralari va raqamli platformalar imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda.
Xususan, tumanimizdagi barça mahallalarida jami 2100 ta zamonaviy kuzatuv kameralari örnatilib, ular viloyatimizda birinçilardan bölib qurib bitkazilgan “Vaziyatlar markazi”ga markazlaşgan holda töliq ulandi va tunu kun uzluksiz nazorat tizimi yaratildi.
Biroq, bugungi kun oldimizga yangi va jiddiy vazifalarni ham qöymoqda.
Bugungi kunda dunyo miqyosida tobora kuçayib borayotgan kiberjinoyatlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilayotgan firibgarliklar, şuningdek, yoşlarimizning kelajagiga zomin böluvçi giyohvandlik balosiga qarşi kuraşiş har qaçongidan ham muhimdir.
Uşbu xavfli illatlardan milliy genofondimizni, farzandlarimiz va kelajagimizni asraş maqsadida profilaktika va tezkor-qidiruv tadbirlarini yanada kuçaytirişimiz, bu borada soha xodimlari barça mutasaddi taşkilotlar, taʼlim muassasalari va keng jamoatçilik bilan birgalikda qatʼiy va murosasiz çoralar körişi zarur.
Qadrli xodimlar!
Fursatdan foydalanib, tumanimiz aholisining tinçligi va osoyişta hayotini taʼminlaşdagi sadoqatli va fidokorona xizmatingiz uçun sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Uşbu şonli ayyomda el-yurt tinçligi yölida halok bölgan mard va jasur xodimlarning xotirasini hurmat bilan yodga olib, ularning oila aʼzolariga ezgu tilaklarimizni yöllaymiz.
Tuman hokimligi tomonidan içki işlar organlari xodimlarining mehnatini munosib qadrlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalari doimo eʼtiborimiz markazida bölib qoladi.
Sizlarni bugungi şukuhli bayram bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga mustahkam soğlik, oilalaringizga tinçlik-xotirjamlik, masʼuliyatli va şarafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Qibray tumani hokimi Muzaffar Raşidov