#Tabrik

#Tabrik


Qadrli tumandoshlar!

Siz, azizlarni va yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Muqaddas Ramazon oyida qilgan ibodat va ezgu amallarimiz, bergan ehson va duolarimiz Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin. Ushbu ulug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka, qalblaringizga esa mehr-oqibat va shukronalik tuyg‘ularini olib kirsin.

Ramazon — saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik oyidir. Bu muborak kunlarda jamiyatimizda mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat va ahillik yanada mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan e’tirof etamiz.

Bugungi kunda yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar har bir fuqaroning manfaatini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, keksalar va yoshlar holidan xabar olish kabi savobli ishlar Ramazon oyida yanada keng quloch yozdi.

Aziz tumandoshlar!

Ushbu muborak ayyom barchamizni yanada jipslashtirib, qalblarimizda ezgulik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilsin. Farzandlarimiz sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘aysin, yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin.

Yana bir bor sizlarni Ramazon hayiti bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilayman.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov




Report Page