Tabiiy fanlar fakultetida "Orasta Qizlar" ko'rik-tanlovi

Tabiiy fanlar fakultetida "Orasta Qizlar" ko'rik-tanlovi

Tabiiy fanlar fakulteti

Yoshlarni bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida noyabr oyi yakunida Buxoro davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Umumiy va noorganik kimyo kafedrasining Talabalar turar joyida Kafedra kunlari munosabati bilan kimyo ta'lim yo'nalishi talaba qizlari orasida "Orasta Qizlar" (Balli Qizlar) ko'rik-tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda talaba qizlarimiz faollik ko'rsatishdi.

Ushbu tanlovda talaba qizlar bir qator shartlar asosida bellashishdi:

Tanishtiruv

Salat tayyorlash

Chuchvara tugish

Erkin mavzu (raqs, sahna ko'rinishi)

(tanlovdan lavhalar)
(tanlovdan lavhalar)


(tanlovdan lavhalar)

Kafedra o'qituvchisi M.K.Ochilova so'zi:

Hurmatli ustozlar, qadrli talaba yoshlar noyabr oyida rejalashtirilgan qizlar o'rtasidagi bu bellashuv judayam ko'tarinki ruhda va qiziqarli o'tkazildi, ko'rik tanlovlar tashkillashtirishdan ko'zlangan maqsadga to'laqonli erishildi deyish mumkin. Bunday tanlovlarni tashkillashtirish nafaqat vaqtni sermazmun o'tkazishga qarashibgina qolmay, ko'plab yoshlarni o'zaro fikr almashishiga sabab bo'lganini alohida ta'kidlab o'tdilar.

Ko'rik tanlov yakunida natijalar sarhisob qilinib, g'oliblar munosib tarzda taqdirlandi.

Navbatdagi rejalar tuzilib, loyihalar uzviy davom ettirilishi reja qilib olindi.

Report Page