Tabiiy fanlar fakulteti va 35-IDUM maktabi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar treningi bo'lib o'tdi!

Tabiiy fanlar fakulteti va 35-IDUM maktabi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar treningi bo'lib o'tdi!

Bafoyev Bekzod

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchilari va Buxoro shahar 35-IDUM maktabi bilan hamkorlikda “Ekologiya va atrof –muhit muhit muhofazasi “ mavzusida o‘quv-seminar trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv-seminar treningning maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ekologik madaniyatni singdirish, inson va atrof muxitning bog‘liqligi, hozirgi kunda atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish bu katta va kichikning bir xil muammosi ekanligi to‘g‘risida o‘quvchilarga yanada ko‘proq ma’lumotlar berish va qolaversa ularda ma’naviy ko‘nikma hosil qilish bo‘ldi.

Seminar-treningda o‘quvchilar juda faol qatnashishdi

Ekologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchilari S.M.Mardonova, N.R.Ochilova, G.S.Muratova va D.R.Qarshievalar tomonidan olib borgan o‘quv-seminar treninglari 35-IDUM ma’muriyati o‘quvchi-yoshlarida katta taassurot qoldirdi.



Tabiiy fanlar fakulteti Matbuot xizmati

Report Page