Tabiiy fan darsligi mualliflari fandagi yangiliklarni sirdaryolik ustozlarga yetkazdi

Tabiiy fan darsligi mualliflari fandagi yangiliklarni sirdaryolik ustozlarga yetkazdi


3-sinf tabiiy fani darsligi mualliflari darslikdagi oʻzgarish va yangiliklardan xabardor qilish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tabiiy fan darsligi mualliflari Muqaddas Boymuratova va Dilnoza Xasanova Sirdaryo viloyatiga tashrif chogʻida oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz muloqotga kirishishdi. Mualliflar bilan oʻtkazilgan bu kabi yuzma-yuz muloqotlar fanning mohiyatini oʻqituvchilarga toʻla -to'kis yetkazish qolaversa, darslikdagi tajribalarni oʻtkazish jarayonini amaliy bajarish orqali koʻrsatib tushuntirishda samaralidir.


Umumiy oʻrta taʼlimning 1-6-sinflari uchun moʻljallangan Sciyence fani bir nechta fanlarni birlashtirgan va STEAM tizimi asosida koʻplab ijtimoiy, iqtisodiy fanlar bilan integratsiyani taʼminlagan.

Bilim va koʻnikmalarni spiralsimon usulda oddiydan murakkabga tomon rivojlantirib borish koʻzda tutilganligi hisobiga oʻquvchilarga olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglashga yordam beradi.

Bundan tashqari, yaratilayotgan darslikka har bir bobning mavzusidan kelib chiqib, sodda kundalik turmushda uchraydigan qiziqarli mavzular, tajribalar kiritildi. Endi bolalar “Oʻquv loyihasi” deb nomlangan amaliy mashgʻulotda oʻzlari kichik tajribalar oʻtkazib koʻrishadi.

Anʼanaviy yondashuvga asoslangan darsliklarda avval matn, keyin savollar berilgan boʻlsa, bu darslikda oʻquvchining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida avval savollar berilib keyin matn keltirilgan. Maʼlumotlarning aksariyat qismi esa matn koʻrinishida emas rasm yoki illyustratsiyalar koʻrinishida. Bu bolalarda har xil manbalarni tushuna olish, mavzuga kreativ yondashish koʻnikmasini shakllantiradi.

Ushbu oʻzgarishlarni, yangiliklarni oʻqituvchilarga yetkazish maqsadida 3-sinf tabiiy fani darsligi mualliflari

Ushbu oʻquv-amaliy seminarida hududiy malaka oshirish markazi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulasal Berdialiyeva va markaz xodimlari ishtirok etishdi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram





Report Page