"Tabiatni birga asraylik".

"Tabiatni birga asraylik".

...Psixolog Oʻgʻiloy Toʻlayeva.


Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 13-apreldagi 02-01/1-50-sonli xatiga asosan joriy yilning 30-may 2-iyun kunlari Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi bilan yurtimizda istiqomat qiluvchi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Tabiatni birga asraylik" mavzusida bolalar rasmlari koʻrgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu koʻrgazmaga har bir hududdan 20 tadan 5-7 yoshli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari jalb etilishi koʻzda tutilgan.

Shu jumladan bu koʻrgazmada Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 77-IDUM jamoasi oʻquvchilari ham oʻzlari chizgan rasmlari bilan ishtirok etishdi. Bu koʻrgazmadan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarda oʻzlariga boʻlgan ishonchlarini orttirish hamda ona tabiatga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻusini yanada oshirishga xizmat qiladi.

77-IDUM hakamlar jamoasi quyidagilardan iborat:Tasviriy san'at fani o'qituvchisi Mohidil Nurmatova, Amaliy fanlar uslubiy birlashma rahbari Feruza Abdullayeva, boshlang'ich sinflar uslubiy birlashma rahbari Mexriniso Egamshukurova.

Ushbu koʻrgazmada 77-IDUM ning 1-A sinf o'quvchisi Sanjarova Sug'diyona faxrli 1-o'rinni, 1-A sinf o'quvchisi Safarov Akmal 2- o'rinni hamda 1-B sinf o'quvchisi Qalqonova Bahora esa 3-o'rinni egaladilar. Gʻoliblarni tabriklaymiz, hamda ularning ustozlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Report Page