«TURK SOMSASI»
"Turk somsasi" ni tayyorlaymiz. Barchangizga maʼqul boʻladi, in shaa Alloh!
Xamiri uchun:
🧈 250 gr saryogʻ
🍚 3-4 stakan un
🥛 250 gr smetana
🧂 1 choy qoshiq razrixlitel
🥚 1 dona tuxum
🧂 1 choy qoshiq tuz
🥩 600 gr qiyma
🥔 1 dona kartoshka
🧅 2 ta piyoz
🧂 tuz va zira
🥚 tuxum sarigʻi
🥣 kunjut, sedana
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
1. Saryogʻni qirgʻichdan chiqarib, un bilan urvoq qilamiz.
2. Alohida idishda smetana va razrixlitelni aralashtirib, unli massaga solamiz.
3. Boshqa bir idishda tuxum va tuzni aralashtirib, unli massaga solamiz.
4. Barcha massalarni birlashtirgach, yumshoq, qoʻlga yopishmaydigan xamir qoramiz va muzlatgichga 30 diqiqaga qoʻyamiz.
Qiymaga qirgʻichdan chiqarilgan kartoshka va piyozni, tuz va zirani solib, aralashtiramiz. 26-28 dona silindrsimon kotletlar yasab olamiz.
Xamirni muzlatgichdan olgach, 4 zuvalaga boʻlib, yoyib olamiz. Har biridan 8 dona 4 smlik lentalar kesib olamiz. Har bir kotletni lentaning ustiga yotqizib, birma-bir oʻrab chiqamiz. Somsalar bir xil oʻlcham va hajmda boʻlishi lozim
Somsalarning ustiga tuxum sarigʻini surib, kunjut sepamiz. 170 gradusda qizigan duxovkada 45 daqiqa pishirib olamiz.
🍽 Yoqimli ishtaha!!!
Recepti_dipu sahifasidan olindi
Muxabbat bilan pishiring!!!