TUNUKAFON VA TOM UCHUN AKSESSUARLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

TUNUKAFON VA TOM UCHUN AKSESSUARLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

https://dastgoh.uz

Yurtimizning istalgan nuqtasiga nazar solsangiz hamma joyda qurilish va bunyodkorlik ishlariga guvoh bo'lasiz. Qurilish sohasida har kun yangiliklarni uchratishimiz mumkin. Shu kabi yangiliklardan biri yurtimizda tez ommalashayotgan tunukafon va tom uchun aksessuarlardir. Tunukafon biznesining ommalashishiga asosiy sabab quyidagicha:

  • Tunukafon mahsuloti Aluminiy kompozit panellar o'rnini bosa oladi
  • Ulyuminiy kompozit panellardan 2-3 barobor arzon
  • Tez fursatda o'rnatish mumkin
  • Murakkab dizaynlar qilish ham mumkin
  • O'rnatish uchun ishchi xarajatlari bir muncha arzon
  • Yong'inga chidamli mahsulot, tarkibida polimer bo'lmaganligi sababli yonmaydi
  • Xomashyoni istalgan xo'jalik mollari ulgurji sotuvchilaridan topish mumkinligi

Yuqorida sanab o'tilgan qulayliklari sabab ushbu mahsulot tez ommalashdi hamda uni ishlab chiqaruvchilar ham kun sayin oshib bormoqda. Bizning "One Step Solution''XK siz azizlarga ushbu mahsulotni sifatli ishlab chiqarish uchun kerakli bo'lgan uskunalarni yetkazib beradi. Hozirda ushbu xizmat turiga talab oshganligi bois mahsulotingizga ortiqcha reklama ham shart emas, sababi barcha ishlab chiqaruvchilarda buyurtmalar navbat bilan bajarilmoqda. Ba'zi bir hududlarda hattoki buyurtma 20-25 kun qadar cho'zilmoqda, bunga sabab esa mijozlar sonining ko'pligidadir.

Keling endi ish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o'tsak.

KATTA RULONDAN KERAKLI O'LCHAMDA KESIB OLUVCHI GILLIOTINA (1300mm)

Ishni avval bo'yalgan tunuka rulonni kerakli o'lchamda kesib olishdan boshlaymiz. odatda bizga import qilinadigan Xitoy va Rossiya tunuka rulonlari eni 1250 mm . ni tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda biz sizga 1300 mm li rulon tunukadan kerakli o'lchamdagi tunukani kesib beruvchi gilliotina tavsiya etamiz. Ushbu uskunaning qulayligi pedal yordamida harakat qiladi, elektr tokida ishlaganligi sababli sizdan ortiqcha kuch talab etmaydi.

4M LIK MAXSUS GILLIOTINA

Ushbu gilliotinaning vazifasi 4 metrgacha uzunlikdagi eni 125 sm(chunki rulon tunuka eni shu o'lchamda) dan kichik bo'lgan mahsulotlarni kesib berishdan iborat. Buyurtma asosida o'lchamlar asosida har bir mahsulot kesib olinadi. Tavsiya qiladigan yarim avtomatik uskuna yordamida siz turli o'lchamlarni kesishingiz mumkin bo'ladi.

TUNUKANI SHAKLLI BUKIB BERISH (LISTOGIB) USKUNASI (4M)

Asosan tom qoplamalari uchun ishlatilishi mo'ljallangan ko'pgina tunukalik aksessuarlar mavjud bo'lib, ularni turli xil burchak ostida bukishga to'g'ri keladi. Shuning uchun biz sizlar uchun bukish uskunasi olishni tavsiya qilamiz.

TUNUKA CHETINI FORMALASH USKUNASI

Ushbu uskuna bukilgan yoki kesilgan tunuka chetlari qo'lni kesmasligi yoki bir-biriga ulanish uchun iz ochib berish uchun ximat qiladi. Ushbu uskuna 6 xil funksiyani bajaradi va oval shakldagi metallar uchun ham ishlatish mumkin.

Yuqoridagi uskunalar yordamida siz tom uchun aksessuarlar, hamda tunukapon mahsulotlarini ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Uskunalarni ochiq maydonda usti yopilgan binoda ishlatish ham mumkin. Hamma uskunalarni ishlatish uchun 3 nafar zarurat bo'lganda 2 nafar ishchi ham bemalol eplashi mumkin. Uskunalar ishlashi uchun 100 m2 dan kam bo'lmagan ish joyi bo'lganligi maqsadga muvofiq sanaladi.

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 31.01.2020 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi "One Step Solution''XK do'koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston bo'ylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Direktor: Ulug'bek Xolmurodov

+99 8 94 225 00 08

Menejer: Fayzullayev Fidavs

+99 8 93 344 04 04

Menejer: Murodov Nodirbek

+99894 484 00 08

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz


Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.

https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz





Report Page