TUMO - мечта подростка! (UZ/RU)
Umid GafurovСегодня были в Tumo Center for Creative Technologies.

Если коротко, это место, где любой желающий в возрасте от 12 до 18 лет может обучаться по 14 современным направлениям абсолютно бесплатно:
анимация, дизайн, создание игр, робототехника, музыка, фильмография, фотография и многое другое (есть ниже).

Первый центр был открыт в 2011. Сейчас тут учатся более 14 000 студентов. БЕСПЛАТНО! В центре более 800 компьютеров. Как видите, от Apple. Стоят они как минимум по 2000-3000 долларов каждый.

Это НЕ государственный проект. Частная инициатива от армянина (Sam Simonian), который создал IT компанию в CША и посчитал своим долгом создать условия для обучения детей у себя на родине.

Всего в Армении 4 центра TUMO, по франшизе открываются еще нескольких столицах мира: Париж, Бейрут, Москва. Везде учеба абсолютно бесплатная.
Цель - вырастить самостоятельную, уверенную в себе молодежь.

Студент сам выбирает какую из 14 программ он хочет освоить. По окончанию одной программы, может приступить к следующей. Тут нет оценок. В конце никому не выдают дипломы. У каждого ученика есть свой портфолио на сайте, туда загружается работа, которую он сделал: софт, 3D модель, фильм и тд. Работодатель может просмотреть портфолио выпускника и взять его на работу. Просто посмотрите на некоторые примеры: https://tumo.org/en/portfolio/ Сложно поверить, что это делают дети до 18 лет.
Какой-нибудь олигарх/бизнесмен или кто-то еще не хочет привезти TUMO в Узбекистан? Может начнем уже инвестировать в детей...?
___
Bugun Tumo Creative Technologies markazida bo'ldim.
Qisqacha qilib aytganda, bu markaz 14 zamonaviy yo'nalishda
12 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan har bir kishi mutlaqo bepul ta'lim olishlari mumkin bo'lgan joy:
animatsiya, dizayn, o'yinlar yaratish, robotika, musiqa, kino, fotografiya va boshqa ko'plab yo'nalishlar (rasmda bor).
Birinchi markaz 2011 yilda ochilgan. Hozir bu yerda 14 mingdan ortiq talaba (o'quvchi) tahsil oladi. BEPUL! 800 dan ortiq kompyuter mavjud. Ko'rib turganingizdek, Apple ga tegishli. Har biri kamida 2000-3000 dollar turadi.
Bu davlat loyihasi emas. AQShda yirik IT-kompaniyasi yaratgan va o'z mamlakatida bolalar o'qishi uchun shart-sharoit yaratish vazifasini o'z zimmasiga olgan bir kishining xususiy tashabbusi.
Armanistonda to'rtta TUMO markazlari bor. Dunyoning bir necha poytaxtlarida ham ochilmoqda: Parij, Beyrut, Moskva. Hamma joyda o'qish mutlaqo bepul!
Maqsad - mustaqil, o'ziga ishongan, professional yoshlarni tarbiyalash.
Markazda reyting va baholash tizimi yo'q. Diplom ham berilmaydi. Har bir bitiruvchining portfoliosi bor, u yerda uning ishlanmalari yuklanadi: dasturiy ta'minot, 3D modellar, film, va hokazo. Ish beruvchilar bitiruvchilar portfelini ko'rishlari va uni ishga olishlari mumkin. Ba'zi bir misollarni ko'ring: https://tumo.org/en/portfolio/ yosh bolalar buni bajarganiga ishonish qiyin.
O'zbekistonlik biror-bir oligarx / tadbirkor yoki boshqa kishi O'zbekistonga TUMOni olib kelishni xohlamaydimi? Bolalarimiz kelajagiga sarmoyalash vaqti kelmadimi..?