TUG‘ILGANLIK TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMA OLGAN 19 YASHAR YIGITNING QUVONCHI CHEKSIZ

TUG‘ILGANLIK TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMA OLGAN 19 YASHAR YIGITNING QUVONCHI CHEKSIZ

Marhamatpress

Marhamat tumani «Alitepa» MFYda istiqomat qiluvchi 2003-yil 10-avgust kuni tug'ilgan To'ychiyev Nurmuhammad 19 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz xolasi qo‘ygan Nurmuhammad ismi bilan yashab kelgan.

Xolasi Faridaxon Arabboyeva ko'p marotaba mutassaddi tashkilotlarga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilgan, lekin doim bir javob olgan bolani ota-onasi yo'qligi, onasini vafot etganligi va yana boshqa vajlar bilan xolasi jiyaniga tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma ololmagan.

Marhamat tumani hokimligi tashabbusi, tuman hokimi B.Yuldashevning alohida topshirig'i, 4-sektor rahbari I.Botirovining ko'magi, tuman FHDYo bo‘limining yordami, shuningdek, Asaka fuqarolik sudi rasi E.K.Sabirovning qonuniy va bola manfaati uchun chiqargan hal qiluv qarori bilan bugun To'ychiyev Nurmuhamad 19 yildan so'ng tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani oldi.

Amalga oshgan ishlardan behad mamnun bo‘lgan Nurmuhammad To'ychiyev shu bugunning o'zida fuqarolik pasporti olish uchun hujjatlarni tayyorlashni boshlab yubordi.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Report Page