TTJda Pedagogika kafedrasi kunlarida 5 muhim tashabbus doirasida tadbirlar tashkil etildi

TTJda Pedagogika kafedrasi kunlarida 5 muhim tashabbus doirasida tadbirlar tashkil etildi


 Pedagogika kafedrasi mudiri Sh.Olimov va kafedra o‘qituvchilari Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta`minlash maqsadida besh muhim tashabbus doirasida bir qator tadbirlarni tashkil etdilar.  Ikkinchi tashabbus doirasida D.Rahmonova tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sog‘lom hayot kechirishlariga targ‘ib etish maqsadida “Sport sog‘lik garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Sportning Taekvondo WTF yo‘nalishi bo‘yicha sportchi bolalar tomonidan chiqishlar namoyish etildi.

4-muhim tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida O.Ortiqov tomonidan kitobxon talabalar o‘rtasida  “Zakovat” o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu belashuvda  Tafakkur va Yoshlik jamolari belashishdi va tadbir yakunida   jamoa a’zolari esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanildi.

Beshinchi muhim tashabbus doirasida O‘.Qurbonova tomonidan “Orata qizlar” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Pazanda bekajon” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

N.Raximova tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari” mavzusida tadbir hamda  B.Umarov tomonidan “Bizning yurtda bayramlar yarashar” shiori ostida yangi yil shukuhi  musiqiy bayrami kechasi ham tashkil etildi. 





Report Page