TTJ da yashaydigan pedagogika fakulteti talabalari bilan yig'ilish o'tkazildi

TTJ da yashaydigan pedagogika fakulteti talabalari bilan yig'ilish o'tkazildi


Joriy yilning 15-iyun kunida talabalar turar joyida yashaydigan pedagogika fakulteti talabalari bilan fakultet dekani N . X.Rajabov ,yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari F.Jumayeva va barcha tyutorlar TTJ dan qarzdorlik bo'yicha yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda fakultet dekani N . Rajabov so'zga chiqib ,yotoqxona to'lovidan qarzdor bo'lgan talabalarga tezkorlik bilan to'lash kerakligi va to'lov kvitansiyasini bir nusxasini hisobchiga, bir nusxasini fakultetga biriktirilgan komendantga berish kerakligini aytib o'tdi.

Yig'ilishda yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari F. Jumayeva ham so'zga chiqib , qarzdorlikni bartaraf etish uchun o'z tavsiyalarini berib o'tdi. Suhbat davomida talabalar o'rtasida bo'lib o'tadigan jinoyatlar, sodir bo'ladigan o'g'riliklarni oldini olish haqida aytib o'tdi. Yil oxirida nazoratlarini yakunlab, yotoqxonani topshirayotgan vaqtda har bir narsani yil boshida qanday qabul qilib olgan bo'lsa, shunday holda qaytarish kerakligini ham aytib o'tdi.Yigilish so'ngida talabalar qarzdorlikni ,o'z vaqtida bartaraf qilishlarini aytib o'tdilar.

Юлдуз Кодирова


Report Page